• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Bezgakka qarshi dori koronavirusni davolaydimi? COVID-19’ga qarshi gidroksixloroxin va azitromitsinning samarasi haqida

    Mart oyi oxirida Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasi orqali bezgakka qarshi dori bo‘lmish gidroksixloroxin va azitromitsin antibiotiki kombinatsiyasidan COVID-19 infeksiyasini davolashda foydalanishga chorlov bilan chiqqan edi va u bu narsa “tibbiyot tarixidagi eng muhim va tub burilish hodisasi” bo‘lishini yozdi. Science nufuzli ilmiy jurnalida esa uning tashabbusini “toza tentaklik” deb atashdi. Xo‘sh, kim haq? Ushbu preparatlarning koronavirusga qarshi samarasi haqida yangi ma’lumotlar bormi? “Daryo” mavzu yuzasidan jurnalda e’lon qilingan tahliliy maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Didye Raul.

    Didye Raul.
    Foto: IHU

    Aytishlaricha, Trampning pozitsiyasiga O‘rtayer dengizi infeksion kasalliklar institutida faoliyat yurituvchi taniqli virusolog olim Didye Raul ta’sir ko‘rsatgan. Raul o‘z vaqtida gigant mimiviruslarni, marselvirusni va faustovirusni kashf qilgani bilan mashhur bo‘lgan va uning Xirsh indeksi 114 ga teng (agar dubllar ham qo‘shib hisoblansa, 148 ga teng bo‘ladi). Biroq uning gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasini koronavirusga qarshi qo‘llashga oid sinov ishi boshqa olimlar tomonidan qattiq tanqidga olingan.

    Mavzuga doir: Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi. Koronavirusdan bezgakka qarshi dorilar yordamida davolansa bo‘ladimi?

    Gidroksixloroxin va azitromitsin nima o‘zi?

    Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi. Koronavirusdan bezgakka qarshi dorilar yordamida davolansa bo‘ladimi?

    Gidroksixloroxin bu — bezgakka qarshi dori bo‘lib, u xinin (xloroxin) moddasining sintetik analogi asosida tayyorlanadi. Tibbiyotda undan 1955-yildan buyon foydalaniladi. Uning ta’sir ko‘rsatuvchi moddasi hujayra membranasidagi endosomaga kirib boradi va uning vodorod ko‘rsatkichi (pH)ni o‘zgartiradi. Taxminlarga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusi ham membrana endosomasi orqali hujayraga tushmoqda.

    Endosoma ichidagi kislotaviy muhitning muayyan ko‘rsatkichlarida virusning membrana oqsillari protonlarni so‘rib chiqara boshlaydi va virus zarrachasining o‘zining ichida pH ko‘rsatkichi pasayadi, buning natijasidan esa u parchalanib, hujayra ichiga virus RNKsi ajralib chiqishi sodir bo‘ladi. Shu sababli ham vodorod ko‘rsatkichining virus uchun nobop holga keltirilishi virus faolligini juda ishonchli tarzda to‘xtatadi.

    Hujayrada endosoma hosil bo‘lishining ba’zi usullari.

    Hujayrada endosoma hosil bo‘lishining ba’zi usullari.
    Foto: Wikimedia Commons
    Azitromitsin esa ko‘plab bakteriyalarga qarshi qo‘llaniladigan antibiotik bo‘lib, jumladan, odamda pnevmoniyani qo‘zg‘atadigan bakteriyaga ham qarshi ishlatiladi. Davolashdagi uning asosiy ahamiyati – allaqachon koronavirus bilan band bo‘lib qolgan bemor immuniteti endi eplolmay (ulgurmay) qolayotgan yondosh boshqa infeksiyalarni so‘ndirishdan iborat. Bundan tashqari, azitromitsin gidroksixloroxinning virusga qarshi antivirus faolligini sezilarli darajada oshirishi mumkin deb baholanmoqda.

    Nima sababdan taklif qilingan preparatlarning samarasiga shubha uyg‘onmoqda?

    Hammasi Didye Raulning eng birinchi (sinov) tadqiqoti bilan bog‘liq. Unga bir nechta e’tirozlar bo‘lgan:

    • Sinovda qatnashgan bemorlar soni kamligi: eksperimental guruhda 20 nafar, nazorat guruhida esa 16 nafar bemor bo‘lgan xolos;
    • Har ikkala guruh bemorlari boshqa-boshqa kasalxonalarda yotishgan va ularga turli xil atrof-muhit omillari ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Boz ustiga, ularning yoshlari ham har xil bo‘lgan va simptomlarning yaqqolligi ham turlicha bo‘lgan;
    • Sinovda qatnashganlar qanday dori ichishayotganini va davolash eksperimental emasligini ham bilgan;
    • Bemorlardagi kasallik bosqichi turli darajalarda bo‘lgan;
    • Sinovda qatnashganlarning ayrimlarida nojo‘ya ta’sirlar darhol bilingan va ularning natijalari yakuniy statistikaga kiritilmagan;
    • Ayrim kasallarga mazkur ikki preparat kombinatsiyasi berilgan, ayrimlariga esa faqat gidroksixloroxin berilgan;
    • Bu dorilar bilan davolashning samarasi haqidagi xulosalar faqat bemorlardan olingan PZR-testlar natijasiga ko‘ra chiqarilgan, unda kasallikning to‘liq klinik manzarasi inobatga olinmagan va bemorlarning o‘pkasi kompyuter tomografiyasida ko‘rilmagan.
    E’tirozlarning aksariyatini Didye Raulning ilmiy ishiga nisbatan katta ahamiyatga ega deb bo‘lmaydi. Chunki u ilmiy ishining kirish qismidayoq keltirilgan natijalar tasodifiy tartibda olingan bemorlarda olib borilgan sinovlarga taalluqli ekanini ochiq-oydin qayd qilib o‘tgan va xulosalar yakuniy emasligini, ular hozircha boshlang‘ich fikrlar ekanini ta’kidlagan. Bu – fandagi normal amaliyotdir.

    Odatda bu kabi yengilroq va ochiq tadqiqotlar nisbatan murakkab va izchil tadqiqotlar oldidan sinov tariqasida (pilot loyiha sifatida) o‘tkaziladi. Shu sababli ham bu kabi ishlar rasmiy tavsiyalar uchun asos qilib olinmaydi. Masalan, shu sababli ham gidroksixloroxin Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy tavsiyalarida qayd etilmagan.

    Hozirda bizga nimalar ma’lum?

    Birinchi sinov tadqiqot ketidan Didye Raul ilmiy jamoasi ikkinchisini ham o‘tkazdi. Unda 80 nafar COVID-19’ga chalingan bemorlar ishtirok etdi. Tanlov 4 barobarga oshirilgan. Ularning barchasiga gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasi berildi va bemorlarning 77 nafari Marseldagi O‘rtayer dengizi infeksion kasalliklar instituti kasalxonasiga joylashtirildi.

    Gidroksixloroxin formulasi.

    Gidroksixloroxin formulasi.
    Foto: Wikimedia Commons

    Ikkinchi sinovlar haqidagi maqola kirish qismida Didye Raul xitoylik hamkasblari olgan tadqiqot natijalarini keltirib o‘tadi va unga ko‘ra, yuqtirgan odam tanasida viruslar ajralib chiqishi o‘rtacha 20 sutkagacha davom etishi qayd qilinadi. Bu muddatning eng qisqa vaqti sakkiz sutka, eng uzog‘i esa 37 kungacha bo‘lgani kuzatilgan bo‘lib, bemor kasallik belgilaridan qutulganidan keyin ham uning organizmida viruslar mavjud bo‘lishi mumkin ekan.

    Bu esa koronavirusning keyingi yanada keng tarqalishiga zamin yaratadi va pandemiya miqyosining kengayib ketishi bilan xatar tug‘diradi. Shu sababli ham bunday holatni oldini olish uchun eng ta’sirchan usul bu – virusning ajralib chiqishini radikal ravishda so‘ndiradigan va shu orqali uning tashuvchisining o‘zgalarga yuqtirish imkoniyatini keskin kamaytiradigan usul bo‘lishi lozim.

    Shundan kelib chiqib, Didye Raul boshchiligidagi fransuz virusologlari uch xil ko‘rsatkichga baho bergan:

    • klinik natijalar;
    • bemorlarning o‘zgalarga yuqtirish darajasi (bemorning burnidan olingan PZR-test namunasiga ko‘ra);
    • statsionarda yotgan muddati.
    Bu safar olimlar sinov ishtirokchilarini ikki guruhga bo‘lgan: birinchi guruhda yuqori nafas yo‘llari kasallangan, ya’ni rinit va faringit kuzatilayotgan bemorlar olingan; ikkinchi guruh esa quyi nafas yo‘llari kasalliklari – bronxit va pnevmoniya mavjud bemorlardan iborat bo‘lgan.

    Avvalgi ilmiy tadqiqoti uchun yopirilgan tanqidlardan xulosa qilgan holda Didye Raul ilmiy jamoasi bemorlardagi kasallik alomatlarining ilk paydo bo‘lish jarayonidan boshlab, uning statsionarga kelib tushishi va tuzalib chiqishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni sinchkovlik bilan hujjatlashtirib borgan. Har bir bemordagi xatar omillari ham e’tiborga olingan: keksa yoshdaligi, o‘sma kasali bor-yo‘qligi, yurak qon-tomir kasalliklari mavjudligi, gipertoniya, diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, semizlik hamda biror immunosupressiv davolanish jarayoni mavjudligi kabilar inobatga olingan. Sinovda qatnashgan har bir bemorni muntazam ravishda o‘pkani kompyuter tomografiyasidan o‘tkazib turilgan va burun shilliq moddasidan PZR-test qilingan.

    Doktor Didye Raul.

    Doktor Didye Raul.
    Foto: IHU

    Davolash sxemasiga ko‘ra, bemorlarga 10 kun davomida kuniga 600 mg dan (uch mahal 200 mg dan) gidroksixloroxin va azitromitsin (birinchi kuni 500 mg, qolgan kunlari 250 mg dan) antibiotiki berilgan. Yaqqol pnevmoniya kuzatilayotgan bemorlarga esa bunga qo‘shimcha ravishda “Seftriakson” antibiotik dorisi ham berilgan. Terapiya bemor statsionarga kelib tushgan kuniyoq yoki uning ertasiga boshlangan.

    Bu usulda davolangan bemorlarning 83 foizida davolashning yettinchi kunidayoq PZR test manfiy natija bera boshlagan, yana 93 foiz bemorda manfiy PZR-test sakkizinchi kuni olingan. 12-kuni esa birorta ham bemorda o‘zgalarga yuqtirish xavfi qolmagani qayd qilingan. Shunga ko‘ra, doktor Raul virus yuklamasining bu tarzda tezkor pasayishi markeri, taklif qilinayotgan usulning samaradorligiga dalolat beradi deb ta’kidlamoqda.

    Bemorlarning 65 nafari (81,3 foizi) statsionarning infeksion kasalliklar bo‘limida atigi 5 kun yotgan. Biroq shunga qaramay bemorlarning 15 foiz qismiga davolash jarayonida kislorod berish zaruriyati tug‘ilgani ham olimlarni baribir xavotirga solmoqda. Ulardan uch nafar bemor intensiv terapiya palatasiga o‘tkazilishiga to‘g‘ri kelgan. Bemorlardan bir nafari, 86 yoshli odamni o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatiga ulashga ham ulgurmagan va u vafot etgan. 74 yoshli yana bir bemor esa hamon intensiv terapiya palatasida qolmoqda.

    Azitromitsin formulasi.

    Azitromitsin formulasi.
    Foto: Wikimedia Commons

    Didye Raulning aytishicha, bemorlardan kimki o‘z vaqtida, kasallikning ilk belgilari sezilishi bilanoq kasalxonaga murojaat qilib davolanishga olingan bo‘lsa, ularda o‘tkir respirator distress-sindrom kelib chiqishi va kasallik pnevmoniyagacha kuchayib ketishi oldi olingan. Faqat kasallik og‘ir ahvolga o‘tib bo‘lgandan keyin kasalxonaga kelganlarni davolashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan va ulardan bir nafari vafot etgan.

    Nega, albatta, azitromitsin ichish kerak, axir pnevmoniyaga qarshi boshqa antibiotiklar bilan kurashilgan-ku?

    Fransuz olimlari ushbu savolga Petri chashkasida o‘stirilgan hujayra namunalari ustida olib borilgan tajribalar orqali javob berdi. Ular Afrika yashil martishkasi buyrak epiteliysini buzoq embrioni zardobi va glutamin qo‘shilgan ozuqa manbaiga ega probirkada zararlab, keyin unga 1, 2 va 5 mikromol konsentratsiyaga ega gidroksixloroxin yoki 2,5 va 10 konsentratsiyaga ega azitromitsin yoki ushbu preparatlarning kombinatsiyasini kiritdi.

    Eng asosiy muhim jihat bu o‘rinda infeksiyaning ko‘pligi (virus miqdori) ko‘rsatkichi bo‘lgan. U viruslar sonining hujayralar soniga nisbatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p foiz hujayralar hech bo‘lmasa bitta virus bilan zararlangan bo‘ladi. Raul va uning jamoasi viruslar ko‘pligi 2,5 ga teng, ko‘rsatkich baland bo‘lgan (hujayralarning 90 foiz atrofidagisiga virus tekkan) hamda viruslar ko‘pligi 0,25 (20 foiz atrofidagi hujayraga virus kirgan xolos)ga teng, ko‘rsatkich past bo‘lgan ikki xil namunadagi guruhlarni ko‘rib chiqqan.

    Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, infeksiya miqdori past bo‘lgan holatlarda har ikkala preparatning alohida holdagi yakka o‘zining samarasi bilinmagan. Faqat besh mikromol konsentratsiyaga ega gidroksixloroxin biroz tuzuk natija bergan. Lekin besh mikromol gidroksixloroxin va 5/10 mikromol azitromitsin kombinatsiyasi hujayralar namunasidagi koronavirusning ko‘payishini sezilarli qisqartirgan.

    Infeksiya miqdori ko‘p bo‘lgan holatlarda ikki mikromol gidroksixloroxin va 10 mikromol azitromitsin kombinatsiyasi yaxshi samara bergan. Olimlarning xulosa qilishicha, har ikkala preparat koronavirusga qarshi kurashda bir-birining ta’sir samarasini o‘zaro kuchaytiryapti. Lekin bu narsa aynan qanday sodir bo‘layotganining mexanizmi hozircha aniq emas.

    Tibbiy nazorat ostida COVID-19 bo‘lgan bemorlar.

    Tibbiy nazorat ostida COVID-19 bo‘lgan bemorlar.
    Foto: Wikimedia Commons

    Aytish joizki, ushbu ilmiy ishda Didye Raul ta’sir qiluvchi moddalarning shunday konsentratsiyasini qo‘llaganki, ularni bemor o‘pkasining to‘qimalarida alohida olgan holda kuzatish mumkin. Ularni qo‘llash orqali organizmda og‘ir nojo‘ya ta’sirlar kelib chiqmaydi.

    Yana bir muhim jihat shundaki, gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasini imkon qadar ertaroq boshlash kerak va u kasallik avj olmasidan oldinroq yo‘lga qo‘yilishi lozim. Bunday holda kasallikning boshlang‘ich bosqichidayoq to‘xtatib qolishga imkon tug‘iladi. Agar virus yuklamasi radikal ravishda keskin oshib ketsa, uni davolashdan naf deyarli qolmaydi.

    Endi nima bo‘ladi?

    Dunyo tanigan olim va hammaning diqqat markazida turgan ushbu ilmiy ish muallifi bo‘lmish Didye Raul va O‘rtayer dengizi infeksion kasalliklar institutining butun jamoasi o‘zlari qayd qilgan ushbu natijani OAV orqali keng targ‘ibot qilmoqda.

    Masalan, Raul yaqinda o‘z institutiga COVID-19’ga gumon qilingan 16 506 nafar bemor olib kelingani haqida tvit yozdi. Ularning hammasi test topshirdi va ulardan 1 988 nafar odamda SARS-CoV-2 virusiga nisbatan test musbat natija berdi. Institut klinikasida yotgan vaqtda ushbu bemorlardan 13 nafari olamdan o‘tdi. 1 003 nafari esa gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasidan tashkil topgan davolash kursini o‘tadi. Bunday sxemada davolanganlardan faqat bittasi katta ehtimol bilan o‘sha yuqorida aytilgan 86 yoshli bemor vafot etdi.

    Lekin bu ham hali hammasi emas. Amalda jahon ilm-fani tarixida birinchi bor Didye Raul o‘z ilmiy ishining to‘liq matnidan avval uning tizerini e’lon qildi! Uning ketidan esa tadqiqot natijalari keltirilgan jadvallarni ham tarmoqqa joyladi va unda ushbu usuldagi davolash samaradorligining bemorlar yoshi, surunkali kasalliklari mavjudligi, boshqa preparatlarni qabul qilgani va yana qator omillardan kelib chiqqan hollardagi tahlillarini keltirib o‘tdi.

    Infeksiyaning ko‘rsatkichiga qarab patogen bilan kasallangan hujayralar ulushi.

    Infeksiyaning ko‘rsatkichiga qarab patogen bilan kasallangan hujayralar ulushi.
    Foto: Wikimedia Commons

    Yangi ilmiy ishida Raul 1 061 nafar bemorlardan iborat guruhda sinov o‘tkazgani haqida yozadi va aytilishicha, ularga taalluqli natijalar sof bo‘lib, bundagi ma’lumotlarda avvalgi maqolalardagi ma’lumotlar aralashtirilmagan. Maqolani batafsil tahlil qilishning hozircha imkoni yo‘q, chunki uning to‘liq matni hali e’lon qilinmadi.

    Biroq mavjud ma’lumotlarning o‘zidan kelib chiqib, bemorning uch xil holati kuzatuvga olinayotgani va shular yuzasidan natijalar e’lon qilinayotganini aytish mumkin. Bu holatlar: bemorning o‘limi, uning ahvolining og‘irlashuvi hamda undan boshqalarga virus yuqa boshlashi holatlari deb olinadi. 10 kunlik davo muolajalari yakuniga ko‘ra, 973 nafar bemorda (91,7 foiz) usul yaxshi samara bergani qayd qilindi.

    Aynan qanday omil tufayli bu ko‘rsatkichga erishilgani va bemorning tuzalgani nimadan kelib chiqib aniqlanganini mavjud ma’lumotlardan bilib bo‘lmaydi. Taxminan preparatlar kombinatsiyasi qabul qilingandan keyin bemorlar o‘zini yaxshi his qila boshlagan yoki og‘ir bemorlar o‘lmay qolgan va ahvoli yengillashgan yoxud bemor tanasidagi virus yuklamasi pasaygan hamda PZR-testda koronavirus boshqa qaytib aniqlanmagan bo‘lsa kerak.

    Bemorlarning 46 nafariga preparatlar kombinatsiyasi aytarli samara bermagani ham qiziq. Ulardan 10 nafari intensiv terapiya palatasiga o‘tkazildi. Besh nafar bemor o‘ldi. 31 nafariga esa muolajani uzoqroqqa cho‘zishga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, maqola e’lon qilingan vaqtga kelib, o‘sha 46 nafar bemorning ham 25 nafari tuzalib bo‘lgan va faqat 16 nafari hanuz tibbiy kuzatuvda qolmoqda.

    Ushbu samarasiz natijalarni esa Raul o‘sha bemorlarning yoshi keksa yoshdaligi bilan bog‘lamoqda. O‘lganlarning hammasi 74 yoshdan katta odamlar va eng keksasi 95 yoshdagi odam bo‘lgan. Alohida aytilishicha, vafot etganlarning hammasi klinikaga yetib kelgunicha og‘ir ahvolda edi.

    Hozirda Didye Raulning ushbu ilmiy natijasiga nisbatan bitta katta muhim savol qolmoqda. Gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasi haqiqatan ham hamma koronavirus yuqtirganlarda infeksion kasallikning keyingi rivojlanishini to‘sadimi yoki u faqat kasallik o‘rtacha darajada kechayotgan, nisbatan yengil holatdagi bemorlargagina yordam beradimi? (bunday bemorlar shundoq ham yengil shaklda og‘rigan bo‘lib, ular baribir koronavirusdan asoratlarsiz, tezda tuzalib ketardi va shu sababli ularda isbotlangan samaradorlikning ahamiyati yo‘qmi?)

    Hozircha bu savollarga tayinli javob berishning imkoni yo‘q. Qolaversa, hali koronavirus infeksiyasiga qarshi boshqa tuzukroq muqobil davolash usullari mavjud bo‘lmagan hozirgi vaziyatda faqat in vitro usulda sinalgan bo‘lsa-da, gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasi kam sonli potensial ehtimoliy davo choralaridan biri bo‘lib turibdi. Shuning uchun o‘tkazilayotgan klinik sinovlarda ushbu vositalarni e’tiborga olmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi. Aytgancha, bunday sinovlar dunyoning qator mamlakatlarida JSST rahbarligida allaqachon boshlangan va sinovlar davom etmoqda.

    Maqola xotimasida biz o‘quvchi e’tiborini favqulodda o‘ta muhim bo‘lgan bir narsaga qaratmoqchimiz: o‘zboshimchalik bilan davolanmang va maqolada nomi keltirilgan dorilarni shifokor ko‘rsatmasisiz zinhor o‘zingizcha qabul qilmang! Yuqorida bayon qilingan natija va xulosalar koronavirusga qarshi kurashda olib borilayotgan ilg‘or ilmiy tadqiqot va izlanishlarning dastlabki natijalari xolos. Kuchli ta’sirga ega preparatlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu gaplar kuchli nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lgan gidroksixloroxin vositasiga nisbatan taalluqlidir.

    18.04.2020, 13:20   Izoh (0)   167854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishlarini aniqladi

    17.04.2020, 06:17

    Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi

    16.04.2020, 21:09

    Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi

    16.04.2020, 07:36

    Olimlar koronavirusga chalinganlar ta’m bilish va hid sezish hissini yo‘qotayotganini o‘rganmoqda

    15.04.2020, 19:39

    Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqilganini e’lon qildi

    14.04.2020, 07:09

    Yaponiyalik olimlar koronavirus ko‘payishini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan preparat nomini aytdi

    13.04.2020, 17:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.