Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari Neom nomli futuristik shahar qurilishiga qarshi chiqqan Abdul-Rahim al-Huvaytiyni otib tashladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yoshi noma’lum bo‘lgan al-Huvaytiy xavfsizlik kuchlariga qarshi o‘t ochgan va Molotov kokteylini uloqtirgan hamda bino tomidagi qum solingan qoplar orqasiga yashiringan. U bu ishlarni o‘zi mansub bo‘lgan huvaytatlar qabilasiga tegishli deb hisoblagan yerni himoya qilish uchun qilgan.
Hukumat tomonidan ma’lum qilinishicha, al-Huvaytiy taslim bo‘lish haqidagi chaqiruvlarga javob bermagan. Erkak o‘t ochishning va Molotov kokteylini uloqtirishni davom ettirgani sababli xavfsizlik kuchlari uni yo‘q qilgan.
Otib tashlangan erkak valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon ko‘magida loyihalashtirilgan futuristik shahar qurilishiga qarshi chiqqan. Loyiha sababli erkakning qabilasi mazkur hududdan ko‘chirilgan. Qabilaning ma’lum qilishicha, hukumat qarshilik ko‘rsatgan erkak bilan maslahatlashmasdan uni ko‘chishga majbur qilgan.
Neom sayyohlik yo‘nalishida faoliyat olib boradigan aqlli shahar bo‘lishi kutilmoqda. Loyihani 2025-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan, uning qiymati taxminan 500 milliard dollarni tashkil qiladi.
Izoh (0)