Shvetsiyaning Koenigsegg avtomobilsozlik kompaniyasi mart oyida o‘zining Gemera nomli giperkarini taqdim etgandi. Autorambler giperkar haqida kengroq tasavvur paydo bo‘lishi va uning interyeridan bahramand bo‘lish uchun Gemera’ning yangi suratlari bilan bo‘lishdi.
Gemera — bu oilaviy avtomobil nomi ostida shartli maskirovka qilingan ekstremal tezkor “maxluq”. Giperkarning old g‘ildiraklarini uch silindrli 2,0 litrli Freevalve dvigateli hamda 600 ot kuchiga ega klapan uzatmalarining elektropnevmatik aktuatorlari yordamida harakatga keladi. Shuningdek, yana 400 ot kuchini elektromotor ham chiqarib beradi.
Orqa g‘ildiraklarga tyaga vektorini boshqarish uchun 500 ot kuchiga ega mustaqil ishlaydigan elektromotor o‘rnatilgan. Giperkar 1,9 soniya ichida 100 km/soat tezlikka eria oladi. Mashina 300 nusxada ishlab chiqariladi.
Izoh (0)