• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Murabbiy dastxati: Zidanning yetukligida Marchello Lippining o‘rni haqida

    Futbolchilik faoliyatida individual mahorati orqali charm to‘p ixlosmandlarining qalbidan joy ola bilgan Zinedin Zidan haqida gap ketganda, ko‘pchilikning yodiga 1998-yilgi Jahon Chempionati va 2002-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining finali keladi.

    Zidanning murabbiy sifatida shakllanishida esa, uning 1996—1999-yillarda Marchello Lippi qo‘l ostida “Yuventus”da o‘tkazgan vaqtlari muhim o‘rin tutadi. Aynan mana shu uch mavsum uning futbolga bo‘lgan qarashlarini belgilab bergan.

    2018-yilda Lippi Italiyaning La Stampa gazetasiga bergan intervyusida: “Zidan – Didye Desham va Antonio Konte singari mening shogirdlarimdan biri. Ularga qandaydir ta’sir o‘tkazganim menga qorong‘i, biroq ularning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shganim to‘g‘risida o‘ylash yoqimli”, – degandi.

    Zidanga qaraganda Lippining ta’siri Desham va Kontening o‘yin uslubida yaqqol ko‘rinadi. Ularning har ikkalasini ham raqibga moslashuvchi va reaktiv murabbiy deb hisoblash mumkin.

    Zidanning faoliyatida Italiya futboli va Lippining o‘rni

    Lippi va Zidan “Yuventus”da

    Lippi va Zidan “Yuventus”da
    Foto: Getty Images

    1998-yilgi mundial hamda Yevro—2000 musobaqasida Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lgan Desham har doim A Seriyada o‘ynash tajribasiga va uning mentalitetini shakllantirishga e’tibor qaratib kelgan.

    “Bizning avlod Italiya futbolidan va u bizga bergan saboqlardan minnatdor bo‘lishi lozim. Bizga texnik va ruhiy barqarorlikni ta’minlash borasida yuqori talablar qo‘yilardi, shundan so‘ng biz o‘z vazifalarimiz va imkoniyatlarimizga shubha qilmasdik”, – deydi Desham.

    A Seriya xususida Zidan ham ancha iliq xotiralarga ega. 1998-yilgi Jahon Chempionati oldidan, Fransiyaning “Bordo” klubidan “Yuventus”ga o‘tganidan so‘ng, ikki yil davomida sizda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi? degan savolga: “Men o‘zgacharoq fikrlaydigan bo‘ldim. Buning uchun Lippiga rahmat aytishim kerak”, – deb javob bergandi.

    Desham va Kontening asosiy vazifalari – raqibni zararsizlantirish bo‘lsa, Zidan o‘z mahoratini ishga solib, vaziyatlardan unumli foydalanardi. Biroq Lippi har doim uning ishga sidqidildan yondashishini va boshqalarga o‘rnak bo‘lishini talab qilgan.

    Lippi Zidan haqida shunday deydi: “U – zamonaviy 10-o‘yinchi. Zidan to‘pni yo‘qotganda, darhol uni qaytarish uchun raqib orqasidan yuguradi. Jamoaga yordam berishga intilgani va yaxshi jismoniy tayyorgarligi tufayli u doimo pressinglarda faol ishtirok etardi.

    Madriddagi faoliyat

    Foto: Getty Images

    Zidan 2016-yilning yanvarida Rafael Benitesning o‘rnini egallab, “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

    Benitesning jamoasi o‘zining samaradorligi bilan ko‘plab muxlis va mutaxassislarning e’tiborini o‘ziga jalb eta olgandi. Ko‘pchilik Zidan jamoa o‘yiniga o‘zining falsafasini singdirishiga va mashg‘ulotlarga o‘zgacha uyg‘unlik bag‘ishlashiga umid qilardi.

    “Real” uning boshqaruvida dastlabki o‘yinlarda yirik hisobdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, Zidan hujumkor o‘yinchilarga erkinlik berishga shoshilmadi. Buning o‘rniga u jamoaning asosiy figurasi etib yuqori summaga sotib olingan hujumkor yarimhimoyachi – Xames Rodrigesni emas, balki tayanch chizig‘ida to‘p suradigan yosh Kazemironi belgiladi. Shu vaqtgacha maydonda asosiy vazifalarni bajarib kelgan o‘yinchilar ikkinchi planga tushirildi. Uning jamoasi Lippiniki kabi butun diqqatini faqat g‘alabaga qaratdi. Tez fursatlarda futbolchilarning jismoniy holatiga alohida e’tibor berildi. Buning uchun Zizu jamoaga “Yuventus”dagi faoliyati orqali iliq munosabatlarda bo‘lgan italiyalik murabbiy Antonio Pintusni taklif qildi. Ular bir-birlarini 1990-yildan beri bilishardi. O‘sha paytlarda Pintus “Yuve”ning jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha murabbiyi Jampero Ventronening qo‘l ostida ishlagan. Ventrone har doim “o‘lsang o‘l, lekin bajar” va “g‘alaba kuchlilarga tegishlidir” degan shiorni qaytarardi.
    “Didye Desham menga uning mashg‘ulotlari haqida gapirib bergandi, biroq bu qadar qiyin bo‘lishiga ishonmagandim. Ko‘pincha, uning mashg‘ulotlaridan so‘ng, charchoqdan o‘zimni yomon his etardim, boshim aylanardi”, – deb Ventronening yuklamalarini yodga oladi Zidan.
    Fransiyalik mutaxassis “Real”ning o‘yinini taktik jihatdan o‘zgartirishni istamadi. Biroq jismoniy holatga katta e’tibor qaratilgani va Kazemironing tarkibga jalb etilishi jamoa o‘yiniga biroz bo‘lsa-da himoyaviy tus berdi. Zidanning bosh murabbiy etib tayinlanishi klubga keyingi ikki mavsumda 8 ta sovrinni taqdim etdi. Chempionlar Ligasidagi dubl va La Liganing 2016/17-yilgi mavsumidagi g‘alaba. Bu — Zidan Pintus yordamida jamoani to‘liq tayyorlay olgan birinchi mavsum edi.

    Taktik imzoning yo‘qligi

    Foto: Google Images

    Madrid klubi boshqaruviga Zidan kelgach, jamoaga ko‘plab o‘yinchilar kelib ketdi, shunga qaramay o‘yin borasida aniq bir taktik falsafa ko‘rinmas edi. Odatda murabbiylar taktik sxema va shakllar haqidagi savollardan voz kechishadi. Aynan shu holat bu yerda ham ko‘zga tashlandi.

    “O‘ylashimcha, biz ko‘proq 4-4-2 sxemasida o‘ynadik, biroq men uchun bu muhim ahamiyat kasb etmaydi. Jamoa yuqori sifatli va ishonchli o‘yin namoyish etayotgan vaqtda sxemalar meni umuman xavotirlantirmaydi. Men bugun juda baxtiyorman. “Atletiko” uchun bu ko‘ngilsiz natija bo‘lishi mumkin, ammo har qanday jamoa ham bu yerda 3:0 hisobida g‘alaba qozona olmaydi”, – degandi Zidan 2016-yilda “Atletiko” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida.
    Xulosa qilish mumkinki, Zidan qandaydir sxemalar ustida bosh qotirishni xushlamaydi. Agar uning futbolchilari raqib jamoa a’zolaridan har tomonlama ustun bo‘lsa, g‘alaba mahorat evazigagina qo‘lga kiritiladi. Bu Gvardiola yoki Kloppning uslubi bilan solishtirilganda juda jo‘n ko‘rinishi tabiiy. Aynan mana shu omil Zidan zamonaviy futbolning taktik va strategik tomonlarini yetarlicha tushunmaydi, degan tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

    Fikrimizcha, uning bu uslubi faqat top-klublarda ijobiy natija berishi mumkin. Masalan, 90-yillarning oxiridagi “Yuventus” yoki hozirgi “Real” kabi jamoalarda. Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich yoki Serxio Ramos darajasidagi o‘yinchilarga qanday qilib futbol o‘ynash kerakligini tushintirishning hojati yo‘q. Bu Zidanning ishi emas. Buning o‘rniga, u ularga yaxshi o‘yin namoyish etish sharoitini yaratib beradi, xolos.

    O‘z navbatida Zidan ham Lippining xizmatlaridan minnatdor bo‘lib, o‘z iqtidorini jamoa manfaatlari yo‘lida ishlatish naqadar muhim ekanini tushunib yetgan.

    “Lippi men uchun yoqish-o‘chirish tugmasiga o‘xshardi. U meni uyg‘ota olgan va biron bir muhim narsa ustida ishlash nima ekanini anglashimga yordam bergan. Italiyaga kelishimdan avval futbol men uchun shunchaki ish edi. Shu bilan birga undan zavqlanardim. Turinga kelgach esa menda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq yana-da kuchaydi”, – deb xotirlaydi Zidan.
    Ushbu yondashuv birinchi navbatda Zidanga so‘nggi ikki yil davomida “Yuventus”da ustozlik qilgan Karlo Anchelotti nomi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, Visente Del Boske ham “qirollik klubi”da ishlagan vaqtlari jamoani taktik ko‘rsatmalar bilan ko‘p bezovta qilmagan. Lippi qat’iyatli va intizomli bo‘lishiga qaramay, ushbu yondashuvni qo‘llab-quvvatlaganini hamma ham eslay olmaydi.
    “Albatta, men o‘yinchilarga hujumlarni qanday uyushtirish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beraman, ammo ularning butun o‘yin davomida aytganlarimga to‘liq amal qilishlariga umid qilish noto‘g‘ri. Qo‘l ostingizda Zidan, Del Pyero va Kristian Vyeri kabi futbolchilar bo‘lsa, siz ularni o‘zingiz xohlaganingizdek o‘ylashga majbur qila olmaysiz”, – deya ta’kidlagandi Lippi 2002-yilda.
    Shuningdek Lippi Zidanning texnik mahoratiga ham yuqori baho bergan. U 2018-yilda AFP nashriga bergan intervyusida: “Hech qaysi murabbiy Zizuga texnik jihatdan dars bera olmaydi”, – degandi.

    Foto: Getty Images

    Zidan 2019-yilning mart oyida “Real”ga qaytganidan so‘ng, u yana-da ko‘proq jismoniy holatga e’tibor qaratdi va bu ishi bilan Lippiga yaqinlashdi – jismoniy yuklamalar va jamoaviy etikaga urg‘u berildi.

    Buni klubni Ronaldu tark etgani bilan bog‘lash mumkin edi. Portugaliyakning ketishi – kafolatlangan 50 ta gol va barcha o‘yinchilardan maydonda tinimsiz ishlashni talab qilish qobiliyatidan mosuvo bo‘lishni anglatardi. Ta’kidlash joizki, Zidan “Real” futbolchilaridagi bosimni yumshatishda tajribasidan foydalandi. O‘tgan yozda, Pintus “Inter”ga ketib qolgach, Zidan murabbiylar shtabiga boshqa bir fitnes murabbiyi – Gregori Dyuponni taklif qildi.

    2018/19-yilgi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng, “Real” juda ko‘p ishlarni amalga oshirishi lozim edi. Ushbu mavsumda esa jamoa avvalgilariga qaraganda kamroq gol o‘tkazib yubordi. Madridliklar Ispaniya chempionatining 27 ta o‘yinida o‘z darvozalaridan atigi 19 marotaba to‘p olib chiqdi.

    Himoyadagi ishonchli o‘yin ayniqsa markaziy o‘yinlarda yaqqol ko‘zga tashlandi. Musobaqa favoritlari – “Atletiko” va “Barselona” bilan kechgan bahslarda “Real” biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Bu esa yorqin va hujumkor o‘yin bilan xayrlashilganidan darak berardi.

    Ma’lumot uchun, “Galaktikos” o‘tgan so‘nggi 480 daqiqada (5 ta o‘yin) atigi 3 ta gol urdi. La Liganing joriy mavsumidagi 27 ta o‘yinda raqiblar darvozasi bor-yo‘g‘i 49 bor ishg‘ol etildi. Bu natija Zidan jamoasining tarixdagi eng past ko‘rsatkichidir.

    Quyidagi jadvalda “Real”da so‘nggi yillarda ishlagan murabbiylar qo‘l ostidagi jamoaning o‘rtacha bitta o‘yinda nechta gol urganligi statistikasi keltirilgan

    Bu jadvalda esa “Real”da so‘nggi yillarda ishlagan murabbiylar qo‘l ostidagi jamoaning o‘rtacha bitta o‘yinda nechta gol o‘tkazganligi statistikasi keltirilgan

    Boshqa intervyu va maqolalalar:

    • APL eng zo‘r liga, “Enfild” eng yaxshi stadion. “Liverpul”ning yaponiyalik ilk futbolchisi Takumi Minamino intervyusi
    • 96 nafar “Liverpul” muxlisining o‘limiga sabab bo‘lgan “Hillsboro fojiasi”ga 31 yil bo‘ldi
    • Odil Ahmedov koronavirus, ko‘rshapalak va Xitoy taomlari, Kevin de Bryuyne hamda O‘zbekistonga qaytishi borasida
    • Eldor Shomurodov Rostovdagi karantin, hayotidagi eng muhim shaxs va azaliy orzulari haqida
    • Dars qoldirgani uchun tarsaki yegan, bolaligida futbol o‘ynash taqiqlangan, Ferrari, samolyotlardan voz kechgan Sadio Mane haqida
    • Tanqidlar, xotirjamlik, Zidanning yordami va Kazemif haqida. “Real”ning 19 yoshli yangi yulduzi Vinisiusning katta intervyusi
    • Chandiqli kishi. 2 yoshida og‘ir YTHga uchragan, keyinchalik islomni qabul qilgan Frank Riberi haqida

    16.04.2020, 12:08   Izoh (0)   26420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Futbolsiz kunlar. Millionlar o‘yinini sog‘inganlar uchun fotogalereya (1-qism)

    16.04.2020, 10:51

    Italiyada mavsum 27-mayda “Yuventus”—“Milan” uchrashuvi bilan qayta boshlanishi mumkin

    16.04.2020, 09:50

    “JCh—2022 mezbonligini AQSh yoki Yaponiyaga berish mumkin” — FIFA sobiq prezidenti

    16.04.2020, 08:29

    Inglizcha “pushka”, Zidancha zakiylik va betakror Zlatan. 2018/19-yilgi mavsumning eng chiroyli o‘nta goli bitta sahifada

    16.04.2020, 00:02

    Germaniyada ommaviy tadbirlar o‘tkazish sentabrgacha taqiqlandi. Bundesliganing qolgan o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

    15.04.2020, 21:36

    Venger—Fergyuson, Zidan—Materatssi. Futbol olamida XXI asrning eng esda qolarli janjallari reytingi tuzildi

    15.04.2020, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 13 may, 07:29

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.