• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 16-aprelning asosiy xabarlari

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 140 ming kishiga yaqinlashib qoldi. Infeksiya bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshdi. Koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 16-aprelning asosiy xabarlari.

    Jahondagi vaziyat

    Jons Hopkins universitetining Toshkent vaqti bilan soat 20:50 dagi ma’lumotlariga ko‘ra:
    • Dunyo bo‘yicha infeksiya bilan kasallanganlar — 2 088 425 kishi;
    • Kasallikdan tuzalganlar — 525 884 kishi;
    • Infeksiya oqibatida vafot etganlar — 138 487 kishi.
    Toshkent vaqti bilan soat 09:40 holatiga ko‘ra, AQShda 30 925 ta o‘lim holati qayd etilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 639 055 kishiga yetdi, 52,6 ming kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusni yuqtirib olganlar soni mamlakatning 84 ta hududida 3448 kishiga ortib, koronavirusga chalinganlar soni 30 ming kishiga yaqinlashdi. Vafot etganlar soni esa 232 kishiga yetdi. Umumiy hisobda 2304 kishi kasallikdan tuzalgan.

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 46 kishida koronavirus aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 34 nafar bemor xorijdan kirib kelgan, 12 nafari esa mamlakatda kasallikni yuqtirib olgan. O‘tgan bir sutka ichida bemorlardan hech biri vafot etmagan.

    Foto: “Inbusiness.kz”

    Foto: “Inbusiness.kz”

    Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 36 ta holat qayd etilib, jami kasallar soni 1362 kishiga yetdi. Hozirga qadar mamlakatda umumiy hisobda koronavirusdan 16 kishi vafot etdi.

    Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish 16-aprel holatiga ko‘ra, 466 kishiga yetdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanganlar soni 91 kishiga yetdi. Hozirga qadar mamlakatda COVID-19 oqibatida 5 kishi vafot etdi.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekistonda 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1349 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda o‘tgan bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi.  Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 8-aprel kuni 26 kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni 167 kishida, 15-aprel kuni esa 137 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

    Hozirgi vaqtda shundan 325 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda (hududlarda ayni vaqtda davolanayotgan bemorlar soni 913 nafar). Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

    Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, institut klinikasida davolanayotgan 100 nafar bemordan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir, bir bemorning ahvoli nisbatan og‘ir, yana bir nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda. Davolanayotgan bemorlarning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda.

    Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 101 nafar bemordan ikki nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi (ToshMI)ning ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 nafar bemordan olti nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshlik bemor bemor butkul sog‘aydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Avvalroq Buxoroda 20 kishi, Xorazmda 1 kishi kasallikdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga jo‘natilgani haqida xabarlar berilgan edi. Hozirga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 129 nafarga yetdi.

    Surxondaryo viloyatida 23 nafar fuqaroning koronavirus infeksiyasi bilan kasallangani aniqlangan. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Boboxon Shukurovning ma’lum qilishicha, qayd etilgan 23 nafar bemorning 20 nafari 28-mart kuni Moskva shahridan charter reys bilan Termizga olib kelingan. Mazkur reys yo‘lovchilari Angor tumanida karantinga olingandi. Koronavirus aniqlangan 23 nafar bemorning 3 nafari esa mamlakatlararo qatnaydigan yuk mashinalari haydovchilari hisoblanadi.

    O‘zbekistonda nima gap?

    Toshkentdagi Inha universiteti talabalari sensorli “aqlli niqob” ixtiro qildi. Niqob odamning tana harorati, yo‘tal, aksirish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchiliklardan unda koronavirus alomatlari bor-yo‘qligini aniqlab beradi.

    Foto: Inha universiteti

    Foto: Inha universiteti

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan foydalanishga hozircha ehtiyoj yo‘qligi ma’lum qilindi. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

    Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni ToshMI klinikasiga yotqizish boshlandi. Bungacha poytaxtda koronavirusga chalingan bemorlar Virusologiya hamda Epidemiologiya instituti klinikalariga yotqizilayotgan edi.

    Moliya vazirligi: Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar vaqtida o‘tkazib berilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 15-aprel holatiga ko‘ra, hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining g‘azna hisob varaqlarida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan 38 milliard so‘m zaxira mablag‘lari mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mehnat vaziri COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun Cotton Campaign’dan o‘zbek paxtasiga boykotni to‘xtatishni so‘radi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini ikki barobarga oshirib, aholi uchun ish o‘rinlarini yaratadi.

    Maktab darsliklarini Toshkentda qoldirib, viloyatlarga ketgan o‘quvchilarni baholash qanday amalga oshiriladi? XTV elektron darsliklarni “uzedu.uz” saytidan ko‘chirib olish mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi uyda yakka tartibda ta’lim olishni tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi.

    O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakili: “Iftorlikni, albatta, dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytish, deb tushunmaslik kerak”. Iftorlik xarajatlarini muhtoj, kambag‘al ro‘zadorlarga berish bilan kishi ularga iftorlik qilib berganning savobini olishi aytildi.

    Bosh prokuratura koronavirus sababli O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi. Bosh prokuratura global inqiroz va pandemiya sharoitida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi shart bo‘lgan qo‘shimcha vazifalarni belgilab oldi.

    Jahonda nima gap?

    Tramp AQShda koronavirusning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qildi. Vaziyatning yaxshilanishi hukumatga pandemiya sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha bir qarorga kelishga yordam beradi.

    Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi. Gap Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan “Remdesivir” (RDV) dori vositasi haqida ketmoqda.

    Germaniyada karantin choralarining qisman bekor qilinishi e’lon qilindi. Angela Merkel mamlakatdagi to‘liq normal hayotga bir necha hafta yoki oydan keyin qaytish kutilayotganini aytib o‘tdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Fransiyada 700 ga yaqin harbiy dengizchi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Harbiylar kasallanganlar soni bo‘yicha raqamlar o‘zgarishi mumkinligini ham ta’kidlagan.

    Rossiyalik shifokorlar amerikalik olimlarning COVID-19 bo‘yicha tadqiqot xulosalariga baho berdi. Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Ilya Akinfiyevga ko‘ra, koronavirus infeksiyasida tumovning umuman bo‘lmasligi asossizdir.

    Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanadi. Test o‘tkazish uchun uchta ko‘chma, to‘rtta statsionar laboratoriya tayyorlangan. Shuningdek, mamlakatda 2,7 milliondan ortiq odamga 42 500 tengedan ijtimoiy nafaqa to‘lab berildi. Arizalar eng ko‘p berilgan hududlar orasida 667 116 ta ariza bilan Olmaota viloyati birinchi o‘rinni egallagan.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    “Xronika Turkmenistana” o‘z manbalariga tayanib, Turkmanistonning Turkmanobod shahridagi karantin zonasida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yetti kishi saqlanayotgani haqida xabar berdi.

    Koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilindi. U virusni ko‘rshapalakdan yuqtirgan.

    Foto: Daily Mail

    Foto: Daily Mail

    Londonda COVID-19 bilan kasallangan er uydan ketishini talab qilgan rafiqasini urib o‘ldirdi. Gumonlanuvchining xotini uning koronavirusga chalinganini bilganidan keyin eridan kvartiradan yo‘qolishini so‘ragan.

    Chilida koronavirusdan o‘lganlar soni tuzalganlar statistikasiga qo‘shib hisoblanmoqda.

    “Daryo” kolumnisti O‘tkirbek Xolmirzayev koronavirus paydo bo‘lishi ortidan jamiyat a’zolarida, ularning xulq-atvorida kuzatilgan ayrim xulqiy jarayonlar, kognitiv yanglishishlar haqida fikr yuritadi: “Xitoyning o‘zi aybdor”, “Bu Amerika fitnasi”. Koronavirus va u keltirib chiqargan kognitiv yanglishishlar haqida.

    O‘qishni qat’iy tavsiya etamiz: Millionlab infeksiya tashuvchiga tashxis qo‘yilmaganmi? Matematik modellashtirish orqali pandemiyaning aniq manzarasi olindi.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    16.04.2020, 22:11   Izoh (0)   215704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda karantin davrida dehqon bozorlaridagi narx-navo e’lon qilindi

    16.04.2020, 22:05

    USAID O‘zbekiston aholisining ehtiyojmand qatlamiga xavfsiz oziq-ovqat yetkazdi

    16.04.2020, 21:55

    O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarining uyda o‘qilishi masalasiga izoh berdi

    16.04.2020, 20:38

    AKT vazirligi Uzmobile mobil internet tezligi qachon oshirilishi masalasiga izoh berdi

    16.04.2020, 20:08

    Surxondaryoda davolanayotgan koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berildi

    16.04.2020, 19:37

    “O‘zgidromet” 17-aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    16.04.2020, 19:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    Putin “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi uchun Ukrainaga javob qaytarilishini aytdi

    Dunyo | 5 iyun, 10:31

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:12

    Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 5 iyun, 10:07

    Tinch okeanida 3000 ta avtomobil ortilgan kema yonmoqda (video)

    Dunyo | 5 iyun, 10:04

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.