• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronavirus daily: pandemiya bo‘yicha 15-aprelning asosiy xabarlari

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 130 ming kishiga yaqinlashib qoldi. Infeksiya bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshdi. Koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 15-aprelning asosiy xabarlari.

    Jahondagi vaziyat

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra:
    • Dunyo bo‘yicha infeksiya bilan kasallanganlar — 2 006 513 kishi;
    • Kasallikdan tuzalganlar — 500 996 kishi;
    • Infeksiya oqibatida vafot etganlar — 128 011 kishi.
    Olimlar COVID-19 ning murdadan tirik odamga yuqishi bo‘yicha birinchi holat kuzatilganini ma’lum qildi. Bemor kasallanganlarning tanasini yorgan vaqtida infeksiyani yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin.

    AQShda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 609 407 ta holat qayd etilgan. Virus oqibatida vafot etganlar soni 26 033 kishiga yetgan, 48 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

    Yevropada koronavirus tarqalishining asosiy markazlaridan bo‘lgan Ispaniya va Italiyada ikki haftadan buyon koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlarining soni kamaygan.

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 46 kishida koronavirus aniqlandi, bemorlarning 78 nafari tuzaldi, 1 kishi vafot etdi.

    Foto: “RBK”

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3388 kishiga ko‘paydi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 24 490 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus qayd etilmagan yagona hudud Oltoy Respublikasi bo‘lib qolmoqda.

    Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 1267 kishiga yetdi. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi 6 ta holat Olmaota shahrida qayd etilgan. Koronavirusdan 16 kishi vafot etgan.

    Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 19 ta holat qayd etilgan.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining qayd etilishi sezilarli oshdi. Xususan, 8-aprel kuni 26 kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni esa 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-aprel soat 16:00 holati bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 61 kishiga oshib, 1275 nafarni tashkil etmoqda.

    O‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butkul sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.

    Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.

    O‘zbekistonda nima gap?

    Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Berdialiyev shifoxonaga to‘rt marta murojaat qilib, uyiga javob berilgan fuqaroda koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qildi. Shifokorlar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat bergani aniqlangan.

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman
    Afsuski, ayrim shifokorlarimizda loqaydlik va beparvorlikka berilish holatlari kuzatilmoqda. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro 19-mart kunidan 4-aprel kuniga qadar, ya’ni 16 kun mobaynida tana harorati ko‘tarilib, holsizlik sezayotganligi bois 4 marta Yunusobod tumanidagi 51-sonli oilaviy poliklinikaga va 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga murojaat qilgan.

    Shifokorlar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan. Ushbu fuqaroning sog‘lig‘i og‘irlashib, beshinchi marta shifoxonaga murojaat qilganidan so‘ngina undan virusologik tekshiruv uchun namuna olingan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, unda koronavirus aniqlanib, u va u bilan muloqotda bo‘lgan 30 dan ortiq fuqarolar karantinga olindi.

    Ming afsuski, hozirda u bilan muloqotda bo‘lgan hamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlanmoqda.

    Sodiqjon Berdialiyev, Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i

    O‘zbekistonda karantin bilan bog‘liq cheklov choralari may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 15-aprel, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.
    Ikkinchi chorak biz uchun o‘ta murakkab bo‘lishi kutilyapti. Ko‘plab mamlakatlar kabi O‘zbekistonda ham karantin bilan bog‘liq cheklovlar asosan aprel oyiga to‘g‘ri kelyapti va may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta.

    Jamshid Qo‘chqorov,  iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

    Shunigdek, Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda “bir-ikki kun ichida” shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

    Jamshid Qo‘chqorov.

    Jamshid Qo‘chqorov.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda qoidabuzarliklar soni bo‘yicha Toshkent shahri va viloyati birinchi o‘rinda.

    Qashqadaryoning Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgan. To‘y 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan, unga 50 nafar mehmon chaqirilgan. Kelinning otasi tez tibbiy yordamda bosh shifokor, onasi ham shifokor bo‘lib ishlaydi. Kuyovning opasi ham oliy toifali shifokor.

    “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Namanganda koronavirus kasalligidan butunlay sog‘ayganlar qatorida ikki oylik chaqaloq ham borligi haqida xabar berdi. Chaqaloq va uning onasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini tark etib, reabilitatsiya markaziga yuborilgan hamda karantin kuzatuviga olingan.

    Foto: Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

    Shunigdek, Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar qatorida kelin-kuyov ham bor. Namangan shahridagi tantanalar majmualaridan birida 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan to‘yda ishtirok etganlardan 18 nafari kasallikda gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib turibgan 25 yashar kuyov va 19 yoshli kelindan olingan tahlillar musbat natija ko‘rsatgan bo‘lsa ham, kasallikning klinik belgilari qayd etilmagan.

    Marg‘ilonda yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan F.D. 10-aprel kuni soat 19:00 larda uyi oldida o‘rtoqlari bilan futbol o‘yini tashkil qilgan. O‘zi ham mazkur o‘yinda niqobsiz ishtirok etgan. Fuqaro karantin tartibini buzgani uchun 15 sutkaga qamaldi.

    Samarqandda karantin qoidalarini mensimay niqobsiz va mast holda yurgan shaxs 15 sutkaga qamaldi. U jamoat joyida spirtli ichimlik ichgani uchun avval ham bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

    Foto: AOKA

    Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantin vaziyatida stomatologiya xizmatlaridan foydalanish masalasi, tishi og‘rigan bemorlarning uydan chiqa olmasligi, tibbiyot muassasasiga borishida yuzaga kelayotgan to‘siqlar bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

    Bunday vaziyatlarda tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

    Nurmat Otabekov, Bosh davlat sanitariya inspektori

    Samarqand (775), Navoiy (580) hamda Jizzax garnizonida (302) jami 1657 nafar harbiy xizmatni o‘tashga yuborilishi kechiktirilgan chaqiriluvchi dezinfeksiya ishlarida ishtirok etdi. Har bir tumanda yoshlardan iborat 4-5 tadan, viloyatlarda esa 40 ga yaqin otryadlar tuzilib, bozorlar, maishiy savdo do‘konlari hamda aholi yashash manzillariga yuborildi.

    O‘zbekistonda fuqarolarga karantin qoidalarini buzganligi haqida SMS jo‘natib, pul undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlar paydo bo‘lgani ma’lum qilindi. Mazkur xabarlarda jarimani uydan to‘lash ham mumkinligi ta’kidlanib, to‘lov uchun karta raqami ko‘rsatilmoqda.

    Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordamini yubordi. Unda 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy gigiyena hamda antibakterial vositalar jamlangan.

    Foto: TIV matbuot xizmati

    O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyot xodimlari 13-aprel, dushanba kuni, koronavirusga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi. Britaniyalik mutaxassislarda o‘zbekistonlik hamkasblarining bemorlarni kasallikdan tuzalgan kishilarning qon plazmasi orqali davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari va mamlakat shifoxonalarida ushbu uslubni keng joriy qilish borasidagi rejalari katta qiziqish uyg‘otdi.

    Jahonda nima gap?

    AQShda dunyoda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamda sinab ko‘rildi. Ushbu vaksinani olgan ayol o‘zini qanday his qilganini gapirib berdi.

    AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vashington Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining budjetiga badal to‘lashni to‘xtatishini ma’lum qildi. Trampga ko‘ra, bu kabi qaror JSST o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani va buning uchun javob berishi lozimligi fonida qabul qilingan.

    AQShning Vashington shahrida prezident Donald Tramp Oq uyda koronavirus masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi brifing chog‘ida jurnalistlarga murojaat qilmoqda.

    AQShning Vashington shahrida prezident Donald Tramp Oq uyda koronavirus masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi brifing chog‘ida jurnalistlarga murojaat qilmoqda.
    Foto: Rex

    Shuningdek, AQSh prezidenti Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini isloh qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi, bu masala boshqa davlatlar bilan muhokama qilinadi. BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish esa Trampning ushbu qarorini noto‘g‘ri vaqtda qabul qilingan deb baholadi.

    AQSh 2018—2019-yillarda JSSTga 553,1 million dollar o‘tkazgan — bu tashkilot budjetining 14,67 foizini tashkil etadi. Bill Geyts Trampning Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatish qarorini xavfli deb atadi: “Agar uning ishi to‘xtaydigan bo‘lsa, boshqa hech qanday tashkilot uning o‘rnini bosolmaydi. Hozirda JSST bizga har qachongidan ham zarur”, — dedi Microsoft asoschisi.

    Mavzuga doir: Tramp Putinga minnatdorlik bildirdi. Ekvadorda shiddat bilan tarqalayotgan koronavirus va shifokor kiyimidagi Iso Masih haykali. Twitter koronavirus haqida

    Pentagon koronavirus tabiiy usulda kelib chiqqaniga yetarli dalillar borligini bildirdi. Ammo bu borada yakuniy xulosalar yo‘qligi ma’lum qilingan.

    Amerikada koronavirus sabab komada yotgan ayol farzandli bo‘ldi. 27 yoshli Anjela Primachenko 24-mart kuni koronavirusga test topshirgan va uning natijalari ijobiy chiqqan.

    Foto: “Apa.az”

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19 sabab dunyo iqtisodiyotining o‘ta og‘ir qulashini prognoz qildi. Bu 2008—2009-yillarda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davridagidan ham yomon ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.

    Rossiya Qurolli Kuchlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kamida uchta holat aniqlangan. Harbiy idora hukumatga yuborgan materiallarga ko‘ra, 1994-yilda tug‘ilgan praporshik (uyida davolanmoqda), polkovnik (hozirda Kommunarkadagi shifoxonada), shuningdek, Shimoliy flot michmanida (shifoxonada) kasallik aniqlangan. Ta’kidlanishicha, koronavirusni yuqtirib olganlar bilan 60 dan ortiq harbiy xizmatchi muloqotda bo‘lgan. O‘z navbatida, ular bilan 130 dan ortiq askar aloqada bo‘lgan. Ularning barchasi izolyatsiyalangan, biroq birortasida infeksiya aniqlanmagan.

    Moskva viloyatida 3-Lyuberetskiy viloyat kasalxonasida 9 nafar tibbiyot xodimining koronavirusga topshirgan test natijalari ijobiy chiqdi. Testlar 3—13-aprel oralig‘ida amalga oshirilgan.

    Isroil koronavirus pandemiyasida xavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Natijalarga ko‘ra, kuchli o‘nlikka Avstraliya, Xitoy, Tayvan, Gonkong, Yangi Zelandiya, Singapur va Yaponiya ham kirgan. O‘zbekiston 40 ta mamlakat kirgan ro‘yxatdan o‘rin olmagan. Tahlilchilar ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanayotganini va kelajakda ushbu reytingdagi o‘rinlar o‘zgarishi mumkinligini inkor etmagan.

    AQShning diabet bo‘yicha assotsiatsiyasi ekspertlari qandli diabetga chalingan bemorlar uchun COVID-19 ning qay darajada xavfli ekanini tushuntirib berdi. Diabet bilan kasallanganlar koronavirus yuqtirib olishining ehtimoli boshqalarga nisbatan yuqori emas, ammo SARS-CoV-2 ni yuqtirib olish yana qo‘shimcha kasalliklarga chalinish va kasallikning og‘irlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Koronavirus pandemiyasi vaqtida odamlar Google’dan eng ko‘p nima haqda so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi: “Qanday qilib?” deb boshlangan so‘rovlar orasida “Qanday qilib matodan niqob tikish mumkin?”, “Qanday qilib sanitayzer tayyorlash mumkin?”, “Qanday qilib infeksiyani o‘ldiruvchi sochiqchalar tayyorlash mumkin?”, “Qanday qilib hojatxona qog‘ozini tayyorlash mumkin?”, “Qanday qilib dezinfeksiyalovchi sprey tayyorlash mumkin?” kabi savollar yetakchilik qiladi.

    Foto: EPA

    Dunyoning 38 davlatidan bo‘lgan 500 dan ortiq olimlar koronavirus sabab bemorlar ta’m va hid bilish hissini yo‘qotayotgani ustida tadqiqot olib bormoqda. “COVID-19 aniqlangan ko‘plab bemorlar ta’m bilish (agevziya) va/yoki hid sezish (anosmiya) qobiliyatini yo‘qotgan. Dunyoning 38 davlatidan bo‘lgan 500 dan ortiq tadqiqotchilar ushbu fenomenni o‘rganish maqsadida Global kimyoviysensor tadqiqotlar konsorsiumi (GCCR) dorasida birlashdi”, — deyiladi CNRS xabarida.

    Dominikanda koronavirus sabab prezidentlik saylovlari qoldirildi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi 31-aprelga qadar davom etadi.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    15.04.2020, 21:29   Izoh (0)   94020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda alkogol va tamakiga yangi aksiz markalari joriy etiladi

    15.04.2020, 21:04

    O‘zbekistonda karantin davrida pensiya ta’minotida fuqarolar uchun qanday qulayliklar yaratilgan? Pensiya jamg‘armasi javob berdi

    15.04.2020, 20:07

    “Hududgazta’minot” AJ Kattaqo‘rg‘ondagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan portlashning tafsilotlarini o‘rgandi

    15.04.2020, 19:51

    O‘zbekistonda 16-aprel kuni havo harorati 22 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    15.04.2020, 19:27

    Captiva’da o‘yinchoq avtomatini maqtangan yigit kechirim so‘radi (video)

    15.04.2020, 18:51

    O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi

    15.04.2020, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.