“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele yozda katalon klubini tark etishi mumkin.
Marca’ning xabar qilishicha, “Barselona” fransiyalik futbolchini 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor, biroq unga xaridor topilmayapti, ayniqsa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqirozdan so‘ng.
Shu sabab, Usmon “Barselona”da yana bir yil qolishi mumkin.
“Ko‘k-anorranglilar” Dembeleni 2017-yilda “Borussiya D”dan sotib olgan va transferga 124 million yevro sarflagandi. Katalonlar shu miqdorning hech bo‘lmaganda yarmini qoplash niyatida.
Dembele joriy mavsum ketma ket jarohatlar sabab deyarli maydonga tushmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)