• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APL eng zo‘r liga, “Enfild” eng yaxshi stadion. “Liverpul”ning yaponiyalik ilk futbolchisi Takumi Minamino intervyusi

    Takumi Minamino — o‘zbekistonlik futbol muxlislariga juda ham yaxshi tanish nom.

    Foto: “Liverpul”

    Foto: “Liverpul”

    Minamino Yaponiyaning turli yosh termalari bilan o‘zbekistonlik tengqurlariga qarshi o‘ynagani ko‘pchilikka ma’lum. 2019-yil 19-dekabrida yaponiyalik futbolchi “Liverpul” futbolchisiga aylandi. Takumi “Zalsburg”dagi o‘yinlari bilan Mersisayd klubi rahbarlarini o‘ziga qarata olgan va buni Chempionlar Ligasidagi yuzma-yuz bahslarda ham isbotlagandi. “Qizillar” Avstriya klubiga 7,25 million funt to‘lashdan qochmadi. Va jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish salohiyatiga ega, ham yosh, ham iqtidorli futbolchiga ega bo‘ldi. 16-yanvarda 25 yoshni qarshi olgan Takumi butun dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus sabab “Liverpul”da o‘zini ko‘rsatishga ulgurganicha yo‘q. O‘yinlar to‘xtatilgunga qadar Minamino Mersisayd klubi safida atigi 3 ta o‘yinda qatnashdi, xolos. O‘yinlar yo‘qligi, shuningdek, karantin vaziyatidan kelib chiqqan holda Takumining “Liverpul”ga kelgan vaqtdagi intervyusini “Daryo” o‘zbek tilida taqdim etishga qaror qildi.

    Ha aytgancha, Minamino “Liverpul” safidagi yaponiyalik ilk futbolchi hisobalanadi.

    Ma’lumot uchun, intervyu 2019-yil dekabrida olingan.

    Foto: “Liverpul”

    Foto: “Liverpul”

    — Nimalarni his qilayotgani haqida

    “Liverpul” o‘yinchisi bo‘lish kaminaning orzusi edi. Ushbu vaqt yetib kelganidan judayam xursandman”.

    — “Zalsburg”dagilar bilan xayrlashgani haqida

    “Zalsburg” — men uchun juda ham muhim klub. U yerdagi jamoadoshlarim, bosh murabbiy hamda muxlislar bilan xayrlashishga ulgurdim.

    — “Liverpul” muxlislari uni orziqib kutgani haqida

    “Bu haqida juda ko‘p eshitdim, ko‘rdim. Ammo shunga qaramay xotirjam edim. “Liverpul” Yaponiyada juda ham mashhur klub. Har bir yapon futbolchisi ushbu jamoada to‘p tepishni orzu qiladi. Qaror qabul qilish uchun ko‘p vaqt talab etilmadi”.

    — Zalsburgda Nabi Keyta (Nabi ham ayni damda “Liverpul” futbolchisi) bilan birga 1,5 yil o‘ynagani va Mersisaydga kelishdan oldin u bilan gaplashmagani haqida

    “U bilan kelgunimcha gaplashganim yo‘q. U meni, men esa uni juda yaxshi bilaman. U bilan birga to‘p tepish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman”.

    — APL haqida

    “Dunyodagi eng kuchli ligalardan biri. Faoliyatim rivojlanishdan to‘xtamasa, bir kun kelib APLda o‘ynashim mumkinligini bilardim. Biroq hech qachon “Liverpul”da o‘ynayman deb o‘ylamagandim. Bundan juda ham xursandman”.

    Foto: “Liverpul”

    Foto: “Liverpul”

    — Joriy mavsum “Zalsburg”da yaxshi o‘ynagani, “Liverpul” o‘yiniga mavsumning qolgan qismida ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida

    “Jamoaning bir bo‘lagiga aylanishim, menga o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat berilishi bilanoq, jamoa, uning g‘alabalari, muvaffaqiyatlari uchun bor kuchimni ishga solaman. Hammasi haqiqatga aylanishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga tayyorman”.

    — “Liverpul” hujum chizig‘idagi raqobatga tayyorligi haqida

    “Bu yerda jahon darajasidagi futbolchilar ko‘p. Albatta, ular bilan raqobat qilish oson bo‘lmaydi. Oson emas, ammo chaqiruvlar tashlashga tayyorligimni ko‘rsatish juda muhim. Ayniqsa jamoa uchun. Men esa bunga tayyorman”.

    — “Liverpul”ga qarshi joriy mavsum o‘ynagani, “Enfild” haqida

    “Jamoa texnik jihatdan juda kuchli, jismoniy tarafdan esa kurashlarga tayyor. Futbolning yuqori darajasi. Bu bahslarda rostdan ham Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibiga qarshi o‘ynayotganligimni tushunganman. Yaponiyada “Enfild” haqida ham juda ko‘pchilik biladi. Atmosfer, tarixi va an’analari jihatidan qaralsa, “Enfild” o‘zgacha stadion. “Liverpul”ga qarshi “Enfild”dagi bahsni eslayman, atmosfera shunchaki fantastik edi”.

    — Yurgen Klopp bilan birga ishlash haqida

    “Birgalikdagi faoliyatimizni intizorlik bilan kutyapman. Mening ustunliklarimni bir shuki, Yurgen bilan nemischada gaplasha olaman. Klopp dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri hisoblanadi. Men esa har doim o‘sishni, rivojlanishni xohlayman. Shunday ekan bu orqali jamoa rivojiga hissa qo‘sha olsam juda yaxshi ish bo‘lardi”.

    Foto: “Liverpul”

    Foto: “Liverpul”

    — “Liverpul”dagi maqsadlari haqida

    “APL va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish. Shuningdek, jamoa rivojiga hissa qo‘shish. Bu asosiy maqsadlarim”.

    — “Liverpul” muxlislariga tilaklari

    “Intizorlik bilan “Enfild”da o‘ynash imkoniyatini kutyapman Shuningdek, muxlislar bilan uchrashuvlarni ham. Gollarim va golli uzatmalarim orqali jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishni xohlardim. Shuningdek, o‘z his-tuyg‘ularimni muxlislar bilan bo‘lishadigan vaqtlarni kutyapman”.

    Boshqa intervyu va maqolalar:

    • Odil Ahmedov koronavirus, ko‘rshapalak va Xitoy taomlari, Kevin de Bryuyne hamda O‘zbekistonga qaytishi borasida
    • Eldor Shomurodov Rostovdagi karantin, hayotidagi eng muhim shaxs va azaliy orzulari haqida
    • Dars qoldirgani uchun tarsaki yegan, bolaligida futbol o‘ynash taqiqlangan, Ferrari, samolyotlardan voz kechgan Sadio Mane haqida
    • Tanqidlar, xotirjamlik, Zidanning yordami va Kazemif haqida. “Real”ning 19 yoshli yangi yulduzi Vinisiusning katta intervyusi
    • Chandiqli kishi. 2 yoshida og‘ir YTHga uchragan, keyinchalik islomni qabul qilgan Frank Riberi haqida
    • 3 mingta jarohatni boshdan kechirgan, MMA’ni yoqtirmaydigan va kattalar uchun filmlarda rol ijro etishga majbur bo‘lgan Jeki Chan haqida

    Yanada ko‘proq intervyu va maqolalarni o‘qishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    14.04.2020, 15:59   Izoh (0)   33209
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Liverpul” Mbappe uchun kurashga qo‘shiladi

    14.04.2020, 13:57

    “Barselona” klub sobiq vitse-prezidentini sudga beradigan bo‘ldi

    14.04.2020, 12:13

    “Real” Obameyang bo‘yicha “Arsenal”ga so‘rov yubordi

    14.04.2020, 11:44

    Drogba Kot-d’Ivuardagi shifoxonasini koronavirusga qarshi kurash uchun taqdim etdi

    14.04.2020, 10:45

    “Barselona” Dembeleni sotishga tayyor, ammo bitta ham xaridor yo‘q

    14.04.2020, 09:03

    “Real” Kazemiroga 3 o‘rinbosar topdi. Ularning barchasi fransiyalik

    14.04.2020, 08:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.