• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Odil Ahmedov koronavirus, ko‘rshapalak va Xitoy taomlari, Kevin de Bryuyne hamda O‘zbekistonga qaytishi borasida

    O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiyaning Sport24 nashriga intervyu berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Koronavirus, Xitoycha intizom va xayriya borasida

    — Odil yaqinda Namanganga gumanitar yordam jo‘natdingiz. Bu xayrli ish haqida aytib bersangiz.

    — Hozir hammaga og‘ir. Shu sabab Xitoyda kelib bu yerdan O‘zbekistonga shifokorlar va kasalxonalar uchun kerakli buyumlarni yubordim. Kerak bo‘ladigan barchasini jo‘natdik: qo‘lqoplar, niqob, ko‘zoynak va ko‘plab boshqa vositalar.

    — Koronavirus faqat Xitoyni emas butun dunyoni egallashini kutganmidingiz?

    — Butun dunyo bundan aziyat chekadi deb o‘ylamagandim, albatta. Ilk kunlari Uxandagi virus haqida gapirilganda hech kim uning bu qadar global tus olishini kutmagandi.

    Men koronavirus Uxandayoq to‘xtaydi deb o‘ylagandim. Biroq, afsuski, bir hafta o‘tib butun Xitoy jabr ko‘rdi. Bu yerda ko‘pchilik virus Xitoydan tashqariga chiqmaydi deb o‘ylagandi. Biroq endi hamma xavf ostida... Bu dahshatli va qo‘rqinchli.

    — Xitoyda rekord vaqt ichida shifoxonalar va tibbiy markazlar qurib bitkazildi...

    — Hukumat va davlat nima desa, fuqarolar bunga amal qiladi. Karantin deyildimi — barcha xitoylik uyda o‘tiradi. O‘ylashimcha, Xitoy mana shu sabab koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat karantin orqali infeksiyani yo‘qotish mumkin. Xitoyda buni darhol tushunishdi.

    Men ilk kunlarni yaxshi eslayman, O‘zbekistonga ketayotgan vaqtim aeroport yo‘lida birorta ham mashina yo‘q edi. Mana bu tartib intizom!

    — Hozir Xitoydagi holat qanday?

    — Hayot avvalgi holiga qaytdi. Ko‘chalarda xalq ko‘paydi, hamma joy ochiq. Odamlarda oldingidek qo‘rquv yo‘q. Ha, Shanxay aholisi hali ham niqoblarda yuribdi, ehtiyotkorlik qilmoqda, biroq umumiy olganda hammasi joyida.

    — Klub rahbariyati nima deyapti, Xitoy chempionati qachon boshlanadi?

    — Shanxayga kelib ikki hafta karantin saqlab uyda o‘tirdim. Hozirda mashg‘ulotlarni to‘liq olib boryapmiz. Mavsum qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Bilishimcha, mavsum start olishi uchun — virus butkul yo‘qolishi kerak. Xitoy virusdan to‘liq qutulmoqchi. Shundan keyingiga futbolga navbat. O‘ylashimacha, iyunning boshi yoki mayning oxirida.

    — Hozirda ko‘plab klublar xodimlar va futbolchilarning maoshini qisqartirmoqda. Sizlarda vaziyat qanday?

    — Aytishlaricha, maoshlar 30 foizga qisqarar ekan. Hozircha to‘liq ma’lumot yo‘q.

    Ko‘rshapalak, Xitoy ovqatlari va Rossiyaga qaytish varianti haqida

    — Uch yildan oshiq vaqt mobaynida Xitoydasiz. Hayot qanday?

    — Xitoy — Rossiya kabi juda katta mamlakat... Bu yerda uzoq parvoz qilasan, ko‘plab o‘yinlar o‘tkazasan. Odamlar — yoqimli va sodda. Xitoyliklar futbolni yoqtiradi, chempionat mavsumdan mavsumga rivojlanmoqda. Mahalliy futbolchilar saviyali legionerlar hisobiga tajriba to‘plamoqda.

    — Xitoy chempionati Rossiyanikidan nimasi bilan farq qiladi?

    — Rossiya futboli birmuncha ayovsiz va yakkakurashga boy, bu yerda esa ko‘proq texnika va kombinatsiyaga asoslangan o‘yin.

    — Xitoyda bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

    — Asosan uyda bo‘laman, aylanishga juda kam chiqaman. Kitob o‘qiman, kino tomosha qilaman, yaqinlarim bilan suhbatlashaman.

    — Keyingi rejalar qanday? Sizning shartnomangiz ham dekabr oyida tugaydimi?

    — Ha, shartnomam “1+1” ko‘rinishida. Agar hammasi joyida bo‘lsa uni uzaytiraman.

    — Faraz qiling, sizga Rossiya chempionatidan taklif tushdi...

    — Endi yosh emasman, keyingi yili 34 yoshga kiraman. Rossiyadan taklif bo‘ladi deb o‘ylamayman. Haqiqatga yaqin variant — uyga, O‘zbekistonga qaytish.

    — Xitoyda nimaga ko‘nikib bo‘lmaydi?

    — Ovqatiga. Harchand urinmay, o‘zimni bunga majbur qila olmadim.

    — Biz asta sekin ko‘rshapalak mavzusiga kelib qoldik...

    — Bu faraz to‘g‘ri ekaniga shubham bor. Kimdir Uxanda ko‘rshapalak yeb, kasallik yuqtirib olishi... Ehtimoli juda kam. Eshitishimcha, virus qandaydir laboratoriyadan chiqqan.

    — Halk bilan tez tez Rossiya haqida gaplashib turasizmi?

    — Ha, u Rossiyani sog‘inganini aytadi. Ayniqsa Sankt-Peterburgning go‘zalliklarini sog‘inadi. Unga Piter yoqardi. Shahar uning qalbidan joy olgani ko‘rinib turadi.

    — Rossiyadagi sobiq jamoadoshlaringiz bilan aloqaga chiqib turasizmi?

    — “Anji”da Lyosha Ivanov bilan tanishganman — yaxshi yigit, suhbatlashib turamiz. “Krasnodar”dan esa o‘zbek yigiti Nikolay Markov bilan. Bori shu, qolganlar bilan afsuski, aloqalar uzilgan.

    — Umuman olganda Rossiya futbolini kuzatasizmi?

    — Agar bu yerda juda kech bo‘lib ketmasa — RPLni muntazam kuzatib boraman. Axir 6 yil Rossiyada to‘p surganman — o‘zing uchun qadrli bo‘lib qolgan chempionatni kuzatmaslik mumkin emas.

    — “Anji”dagi hozirgi holatdan xabaringiz bormi?

    — Albatta. Bu ishlar meni hayron qoldirdi — shunday tarix va muxlislarga ega jamoa bunday holatda qolgani achinarli. Dog‘istonda futbolni sevishadi, futbol bilan yashashadi. Shu sabab bu hudud uchun katta fojia. Biroq umid qilamanki, Suleyman Kerimovdek odamlar yana topiladi va Dog‘istonga katta futbol qaytadi.

    — Xitoydagi birorta stadion Krasnodar arenasi bilan tenglasha oladimi?

    — Yo‘q. Xitoydagi arenalar yomonroq. Hech biri “Krasnodar” stadioniga teng kela olmaydi.

    Shomurodov, Mamayev va Kokorin voqeasi, Odil Junior haqida

    — Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning 2019-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi, hozir RPLda ham yaxshi harakat qilmoqda. Siz unda bunday potensialni ko‘rganmidingiz?

    — Xarakter, tezlik, bo‘y — bu hozirda futbol uchun juda muhim. Unda har doim iste’dod bo‘lgan, shunchaki vaqt kerak bo‘ldi. Eldor o‘z potensialini ko‘rsata oldi. U top darajada harakat qilmoqda!

    — Hozir unga Yevropadan qiziqish bor. Eldor APLda o‘ynab keta oladimi?

    — Agar aniq variantlar bo‘lsa, ketish kerak. Rossiya chempionati endi kuchsiz emas, RPLda buncha gol urish osonmas. Shomurodov Yevropada o‘ynashga tayyor.

    — Fyodor Smolovda JCh—2018 oldidan “Selta”dan yaxshiroq bir qator jiddiy variantlar bor edi, 29 yoshda birdaniga La Liga yo‘l olish...

    — Hammasining o‘z vaqti soati bor, u ketib to‘g‘ri qildi. Fedya “Krasnodar”dagi kabi yaxshi futbol namoyish qila olishiga ishonaman. Umid qilamanki, Ispaniyada ham gol urishda davom etadi. Buning uchun unda salohiyat bor.

    — Mamayev va Kokorin ishiga munosabatingiz?

    — Agar oddiy odamlar bilan bunday ish sodir bo‘lganda, bu qadar qattiqqo‘llik ko‘rsatilmasdi. Biroq hammasi ortda qoldi. Yigitlar o‘ynashda davom etmoqda — Mamayev uchun xursandman. Kokorin ham tanaffusdan avval yaxshi formaga chiqqandi.

    — O‘zbekistondagi futbol maktabingiz haqida gapirsangiz?

    — Menda ikkita maktab bor — biri Toshkentda, boshqasi tug‘ilgan shahrim Namanganda. Asta sekin ishlayapmiz, bolalarga barcha kerakli bilimlarni beryapmiz. Mening paytimda hozirgidek sharoit va maydonlar bo‘lmagan.

    Bir qator iqtidorli futbolchilarni eslayman, biroq ular mahalladan tashqariga chiqa olmagan. Chunki ularga professional futbolchi bo‘lib yetishish uchun sharoit va pul berilmagan. Ko‘plab misollarni bilaman, masalan, ko‘pchilikda Toshkentga borish va o‘ynash uchun pul yo‘q edi. Shu sabab ona shahrimda futbol maktabi ochdim. Barcha iqtidorli bolalar uchun sharoitlar tekinga qilib beriladi.

    — Sizda ikki nafar o‘g‘il farzand bor. Ularni futbolchi qilasizmi?

    — Menimcha, ular futbolga qiziqmaydi. Agar shunday bo‘lsa, ularni kuch bilan futbolga bermayman.

    Blits

    — Sizga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchi.

    — Kevin de Bryuyne.

    — Eng kuchli sherik.

    — Villian.

    — O‘z iqtidorini to‘liq namoyish eta olmagan futbolchi.

    — Oleg Shatov. U ulkan marralarga erishadi deb o‘ylagandim. Undan ko‘prog‘ini kutgandim.

    — MDH mamlakatlari futbolchilari ichida eng kuchlisi kim?

    — Genrix Mhitaryan.

    — So‘nggi o‘n yillikda MDHning eng kuchli uch nafar futbolchisi.

    — Mhitaryan, Jirkov, Dzyuba.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    13.04.2020, 22:19   Izoh (0)   83855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar aniqlandi. 1-o‘rinda Janluiji Buffon

    13.04.2020, 18:18

    “Real”ning yozgi transfer vaqtidagi maqsadlari ma’lum bo‘ldi

    13.04.2020, 16:46

    Myullerdan Lukakugacha. Jahon futbolida yetarlicha baho berilmagan o‘yinchilar aniqlandi

    13.04.2020, 15:44

    Harri Keyn “Manchester Yunayted”ga o‘tmoqchi, biroq “Tottenhem” uni APL klublariga sotmoqchi emas

    13.04.2020, 14:45

    Server Jeparov 14 kunlik karantindan so‘ng: “Shifokorlarning bu ishlari — qahramonlik”

    13.04.2020, 13:46

    Koronavirus O‘zbekiston klublariga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

    13.04.2020, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryodagi metan zapravkada Nexia-2 portlab ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:20

    Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:55

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.