Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 11 nafari Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini tark etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollar.
Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyingi tekshiruvlar ular xastalikni to‘liq yengganini ko‘rsatdi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, ular Namangandagi reabilitatsiya markaziga yuborilib, karantin kuzatuviga olindi.
Shu tariqa, Namanganda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 15 nafarga yetdi.
Mavzuga doir: Namanganda koronavirusga chalingan 4 nafar bemor tuzaldi
Izoh (0)