Uy sharoitida niqob tayyorlashga ayollar aslo befarq bo‘lmagan. Vogue nashri tomonidan e’lon qilingan video orqali Bollivud yulduzi Priyanka Chopra ham tabiiy vositalardan foydalanishini bilish mumkin.
Aktrisa o‘spirinligidan buyon tabiiy niqoblar qilishni kanda qilmagan, sochlari sog‘lom bo‘lishi va teri namligini saqlash maqsadida yogurt, tuxum va bir qoshiq asal aralashmasidan foydalanadi.
“Xalq tabobati usulida o‘ziga qarash kerakligini bizga oyi va buvilarimiz o‘rgatgan”,— deydi Priyanka.
https://www.instagram.com/p/B9bJTNVp9Vv/https://www.youtube.com/watch?v=948MLgRGNyU
Shuningdek, video davomida Priyanka yuz terisi va lab uchun skrab tayyorlashni o‘rgatadi. Skrab tayyorlash uchun dengiz tuzi, glitserin va atirgul moyidan foydalanadi. Tayyor bo‘lgan vositadan lab va terini tozalash uchun foydalansa bo‘ladi. Uni teriga surtib 1 daqiqa aylanma harakatlar bilan ishqalash keyin esa yuvib tashlash kerak.
Izoh (0)