“Liverpul” klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Kenni Dalglish koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
69 yoshli shotlandiyalik 8-aprel kuni antibiotiklar qabul qilish uchun shifoxonaga olib borilgan. Qoidaga muvofiq undan COVID-19 virusiga qon tahlili olingan. 10-aprel kuni tahlil qoniqarli natija bergani ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, Dalglishda koronavirus alomatlari kuzatilmagan. Shifoxonaga borgunga qadar “Liverpul” afsonasi uyida oilasi bilan izolyatsiyada bo‘lib turgandi. U tavsiya qilingan muddatdan ko‘proq izolyatsiyada bo‘lgan.
Kenni 1977—1990-yillar mobaynida mersisaydliklar jamoasida to‘p surgan. Bosh murabbiy sifatida esa 1985—1991 va 2011—2012-yillarda ishlagan.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)