• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Huquqshunos qonun ustuvorligini teran anglamasa, jamiyat qayerga boradi?!”. Adliya vazirligi blogerga javob qaytardi

    Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi to‘yxona tibbiy niqoblar ishlab chiqaradigan yashirin sexga aylantirilgani haqida xabar berilgan edi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekistonda tibbiy niqob yetishmovchiligi yuqori bo‘lib turgan bir paytda Soliq qo‘mitasining bu kabi harakatini qoralab chiqdi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu material yuzasidan rasmiy bayonot berib, tadbirkor karantin qoidalari va sanitariya talablari qo‘pol ravishda buzilganligini ma’lum qildi. Adliya vazirligi esa Xushnudbek Xudoyberdiyevga javob qaytarib, huquqshunosni “qonun ustuvorligini teran anglamaslikda aybladi”.

    Har qanday jamiyatda qonunlarga hurmat, belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilish bu — eng asosiy va muhim omildir.

    Biz yo hamma qabul qilgan va bajarishi majburiy bo‘lgan qonun va qoidalar asosda ishlaymiz va yashaymiz yoki har kim o‘z bilganicha, ya’ni o‘z o‘lchovi bilan turli xil subyektiv fikrlari asosida shakllangan qoidalari bilan yashaydi. Ming yillar davomida shakllangan sivilizatsiyalar qonun ustuvorligisiz yashab va rivojlanib bo‘lmasligini allaqachon tushunib yetgan. Shuning uchun jamiyatlar barchaga majburiy, qulaymi yoki noqulay qat’i nazar, umumjamiyat manfaatini ifoda etuvchi qonun-qoidalar asosida boshqarilib, rivojlanib kelgan.

    Bu oddiy, isbot talab qilmaydigan gaplarni XXI asrga kelib yana takrorlash, albatta, shart emas, ayniqsa, huquqshunoslarga buni eslatish – ortiqcha.

    O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlashda qator yechimini kutayotgan masalalar bor. Buni har kungi hayotimizda, xalqaro reytinglarimizdan ham ko‘rib turibmiz. Shunday ekan, ushbu muammolarni yechish va qonuniylikni ta’minlash ustida bosh qotirish kerakmi yoki teskarisini targ‘ib qilish kerakmi?

    Lekin shunday holat yuz berdi va bu aksiomani takror eslatishga majbur bo‘lyapmiz.

    Chirchiq shahrida noqonuniy niqob tikish sexi faoliyatiga soliq organlari tomonidan chek qo‘yilgani yuzasidan huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asossiz va hissiyotlarga berilgan qarashlari jamiyatga juda noto‘g‘ri signal yubordi.

    Birinchidan, ishchilar og‘zaki kelishuv asosida yollangani mehnat qonunchiligini buzish, soliqdan qochish va hokazolardan tashqari ushbu ishchilarning mehnat va boshqa huquqlari buzilishiga ham yo‘l ochadi. Masalan, tadbirkor yollanma ishchilarga mehnat haqini to‘lamayman desa yoki mehnat jarayonida ishchilar sog‘lig‘iga zarar yetsa, buning javobgarligi kimning gardanida bo‘ladi?

    Ikkinchidan, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Biroq bu tibbiy niqoblarni ishlab chiqishda belgilangan standartlardan voz kechilishi lozimligini anglatmaydi. Bundan tashqari, ushbu jarayon mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi, sanitariya-gigiyena va epidemiologik vaziyat talablariga rioya etilgan holda tashkil etilishi lozim. Bu boradagi talablar bir muammoni yechayotib boshqa muammolarni yuzaga keltirmaslik uchun qo‘yilgan. Aks holda, biz oqibatlar va ulardan kelib chiqqan yana minglab oqibatlar bilan kurashishga resurs va vaqtni behuda sarflab, jamiyatni yangi-yangi muammolar girdobida qoldirgan bo‘lamiz. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

    Uchinchidan, 183 kishini har kuni bir joyga to‘plash va bunda sanitariya qoidalariga rioya etmaslikni tirikchilik bilan xaspo‘shlash mutlaqo noto‘g‘ri! Tirikchilik qilish uchun, avvalo, sog‘liq, ya’ni tiriklik kafolatlari minimal darajada bo‘lsa ham ta’minlanishi kerak. Bu vaqtinchalik choralar ekanini hamma tushunib turibdi. Agar insonlararo kontaktlarni minimallashtirish bugungi sharoitda zarur chora bo‘lmaganida, shuncha korxonalarni yopib, cheklovlar belgilamay, davlat o‘sha ishchilarni o‘zining doimiy ishida davom etishiga yo‘l qo‘yib bermasmidi? Yoki xuddi yana shunday uddaburon insonlar o‘zlariga hech qanday hujjatlarsiz va shartnomalarsiz yana 100 ta sex ochib ishlasa ham indamaslik kerakmi, 1000 ta sex ochsa-chi? Qonunlar unda nimaga kerak? Tadbirkorlar jamiyatga kerak, ular xalqni boqadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik qonuniy asoslarda bo‘lishini hech kimga isbotlashning hojati yo‘qdir!

    To‘rtinchidan, bundan sal avvalroq ham blogerlar Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan xorijga noqonuniy eksport qilinayotgan tibbiy niqoblar to‘xtatib qolinganda ehtirosli postlar yozib, go‘yoki tadbirkorning himoyasiga otlangan edilar. Vaholanki, Davlat bojxona qo‘mitasining qonun doirasidagi harakati oqilona ish bo‘lgani oradan oz fursat o‘tmay hayotiy isbotini topdi: O‘zbekistonda ham koronavirus qayd etildi va tibbiy niqoblar o‘tkir taqchilligi yuzaga keldi. Shu sababli masalaga baho berayotganda faqat shu lahzalarning oniy xulosalariga tayanmay, keng jamiyat manfaatlari va vaziyat istiqbollari to‘g‘risida ham o‘ylab, eng asosiysi esa O‘zbekiston qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, munosabat bildirilsa, ayni muddao bo‘lar edi.

    Davlat soliq qo‘mitasining bayonoti so‘zimizning isbotidir. Bayonotda qayd etilishicha, ushbu to‘yxonada ochilgan sexda juda ko‘plab talablar buzilgan, karantin va sanitariya qoidalariga rioya etilmagan, sex yopilishi bilan jiddiy va og‘ir oqibatlarga olib keluvchi holatlarning oldi olingan.

    Hurmatli fuqarolar! Bugungi murakkab epidemiologik vaziyatda belgilangan qoidalar va talablarga rioya etish har qachongidan ham zarur va muhim. Temir tartib va intizom asosidagina yurtimizga kelgan sinovni yengib o‘tishimiz mumkin.

    Qonun ustuvorligi ta’minlanmaydigan davlatda yoki har kim o‘z qoidasi bilan yashayman deydigan jamiyatda kelajak haqida gapirishga o‘rin qolmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, ushbu masalalarda O‘zbekistonda ham katta-katta chaqiriqlar va yechilishi kerak bo‘lgan muammolar bor. Bularni birgalikda yechishimiz kerak.

    Barcha soha mutaxassislari jamiyatimizda qonunlar asosida yashash qadriyatlarini targ‘ib qilishi kerak, aksincha emas!

    Adliya vazirligi

    10.04.2020, 07:18   Izoh (0)   21887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda karantin vaqti doimiy yashash joyida turmagan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanishi ma’lum qilindi

    09.04.2020, 23:29

    O‘zbekistonda karantin vaqti itlarni kuniga bir martadan ortiq sayr qildirish taqiqlandi. Kinologlar federatsiyasi bu cheklovni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi

    09.04.2020, 23:05

    O‘zbekistonlik olimlar ishlab chiqqan test tizimi Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

    09.04.2020, 22:52

    Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi, shaharga kirish-chiqish taqiqlandi

    09.04.2020, 22:36

    O‘zbekiston SSV piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi

    09.04.2020, 22:06

    Rishtonda bozorda kartoshka yo‘qligi haqida yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

    09.04.2020, 21:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.