• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Neyron faolligini to‘g‘ridan to‘g‘ri matnga aylantirish imkonini beradigan sun’iy ong yaratildi

    Kaliforniya universiteti olimlari miyadagi neyron signallarini to‘g‘ridan to‘g‘ri matnga aylantirish imkonini beradigan sun’iy intellekt tizimini yaratdi. Bu haqidagi tegishli ilmiy maqola 30-mart kuni Nature jurnalida e’lon qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tasavvur qiling, miyangizda hosil bo‘lgan fikr to‘g‘ridan to‘g‘ri matn ko‘rinishida biror matn muharririda, masalan, SMS yoki messenjeringizning matn kiritadigan joyida paydo bo‘lsa. Bu tez orada imkonli bo‘ladigan gapga o‘xshab turibdi.

    Ma’lum qilinishicha, olimlar to‘rt nafar ko‘ngillining miyasiga maxsus elektrod implantlar joylashtirgan va ularga qog‘ozga yozib qo‘yilgan 50 xil gaplardan bir nechtasini ko‘p marta qayta-qayta takrorlab, ovoz chiqarib o‘qishni taklif qilgan. Ko‘ngillilar gaplarni o‘qiyotgan paytda olimlar ularning miyasidagi neyronlar faolligini kuzatib turgan.

    Neyron signallaridan olingan axborot maxsus mashinaviy ta’lim algoritmiga kelib tushgan va u orqali sun’iy intellekt tizimi har bir ovoz chiqarib o‘qilgan matnga mos neyron faolligini muayyan raqamli kodlangan tarzda o‘zi uchun qayd qilib borgan.

    Tizim hammasini to‘g‘ri bajarayotganini tekshirib ko‘rish uchun u qayd etgan neyron faolligiga oid raqamli ma’lumotlar bilan aynan shu matnning ovoz ko‘rinishida yozib olingani, ya’ni tovush faylining raqamli tahlili taqqoslanadi. Ushbu ikkala soha o‘zaro mos kelsa, tizim boyagi neyron faolligi signallarini matnga o‘girishni boshlaydi.

    Olimlarning aytishicha, tizim dastlabki tajribalarda umuman ma’nosiz so‘zlarni yozib chiqardi. U ishtirokchilar o‘qigan matnga mutlaqo mos kelmaydigan “aqay-baqaylarni” bera boshladi. Lekin ishtirokchilarga bir matnni bir necha qayta-qayta takroran o‘qitishning boisi ham shu chalkashlikni tobora bartaraf etish edi.

    Aytilishicha, sun’iy intellekt tizimi borgan sari so‘zlar zanjirining qanday o‘zaro bog‘langani va qaysi so‘z qaysinisidan keyin yoki avval kelishi qonuniyatlarini o‘zi uchun aniqlay boshladi. Vaqt o‘tishi bilan esa neyron signallardan o‘qib olingan matn tobora asl matn bilan katta aniqlik kasb etib, deyarli bir xil natija beradigan bo‘ldi.

    Keyin esa olimlar avvaldan tayyorlangan so‘zlarni emas, balki ko‘ngillilarning o‘zi o‘ylayotgan narsasini to‘g‘ridan to‘g‘ri matnga aylantirishga kirishdi. Bunda ham tizim ko‘plab xatolarni berish bilan ish boshladi.

    Vaqt o‘tishi bilan esa tizimga qancha ko‘p yangi ma’lumotlar kelib tushib, yirik baza shakllana boshlagach, uning xatolik ko‘rsatkichi atigi 3 foizgacha pasaydi. Bu katta hajmdagi nutqni matnga aylantirish bilan shug‘ullanadigan professional transkrpsiyachilarga xos bo‘lgan o‘rtacha 5 foiz xato ko‘rsatkichidan yaxshiroq demakdir.

    Lekin olimlarning tan olishicha, tizim o‘zi o‘qitilgan (bazasida mavjud) neyron signallariga asoslanib so‘zlarni payqaydi va matn tuzadi, xolos. Masalan, u hozir o‘sha o‘rgatilgan 50 xil gapdan kelib chiqib neyron signallarini matnga o‘giryapti.

    Tadqiqot hammualiflaridan biri doktor Jozef Makinning fikricha, sun’iy intellektga asoslangan bu tizim vaqt o‘tishi bilan til qonuniyatlaridan kelib chiqib miyadagi neyron faolligini identifikatsiyalashga o‘rganib boradi. Uning fikricha, bu tadqiqotlar mazkur yo‘nalishda eng dastlabki qadamlar bo‘lib, hali aniq natijalar haqida gap ochishga juda erta.

    “Biz hali endi yo‘lning boshlanishida turibmiz”, — deydi Makin. U fikrini nutq orqali ifodalay olmaydigan kasalliklarga ega shaxslar uchun, xususan, loked-in sindromiga chalingan bemorlar uchun ushbu tizim vaqti kelib yaxshi dastyor bo‘lishiga umid bildirdi. Shuningdek, buni hali to‘laqonli nutq-matn sintezatori deyishga ham shoshilmaslik kerakligini ham ta’kidladi.

    Tadqiqotlarda qatnashmagan, lekin ushbu sohaning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislaridan biri bo‘lgan olim Maastrixt universiteti mutaxassisi Kristian Xerff esa mazkur ilmiy ishga yuqori baho berar ekan, “Albatta, bu odamlar ‘Ok Google’ deyish orqali ham o‘z nutqini matnga ko‘chirishi mumkin, lekin tadqiqotda tovushni emas, aynan miyadagi fikrni matnga ko‘chirish haqida gap bormoqda”, deb fikr bildirdi.

    Bu, birinchi navbatda, muayyan kasalliklarda bemorlarga fikrini ifodalashga imkoniyat yaratishni ko‘zda tutadigan amaliy tadqiqotdir. Gap o‘zgalarning fikrini o‘qish haqida borayotgani yo‘q.

    Doktor Xerffning alohida aytishicha, ushbu ilmiy ishdagi amaliy bosqich uchun odam miyasiga maxsus implantant elektrodlar joylash kerak bo‘ladi. Ularsiz sun’iy intellekt ma’lumotlar yig‘a olmaydi. Qolaversa, implantlar miyaning faqat nutqqa javobgar sohasidagi neyron faolligini qayd qiladi. Xerff insonning ichki ovozi va nutq boshqa-boshqa narsalar ekaniga urg‘u berish bilan fikrini yakunladi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    08.04.2020, 23:16   Izoh (0)   28392
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar koronavirus niqob yuzasida qancha vaqtgacha yashashini aniqladi

    08.04.2020, 16:41

    Olimlar koronavirus “ohangi”ni yozib oldi (audio)

    08.04.2020, 11:40

    Niqob qanday foyda beradi? Oddiy video orqali ko‘rsatib berildi

    04.04.2020, 16:01

    Google Classroom ta’lim dasturi koronavirus fonida 50 mln martadan ortiq yuklab olindi

    31.03.2020, 07:25

    Olimlar koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan yangi yo‘lni aniqladi

    26.03.2020, 20:33

    Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish uchun 20 mingdan ortiq ko‘ngilli o‘ziga virus yuqtirishga rozi bo‘ldi

    21.03.2020, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.