Yer yuzida pandemiya hukm surayotgan, jahon iqtisodiyoti inqiroz yoqasiga kelib qolgan bir vaqtda sayyora aholisi 8-aprel, chorshanba kuni, super Oyni kuzatishi mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Science Alert.
Super Oyni sayyoraning turli qismlaridan turib, turli vaqt oralig‘ida kuzatish mumkin bo‘ladi. Masalan, Avstraliyada u 8-aprel kechasi ko‘rinsa, yevropaliklar 8-aprelning ilk soatlarida kuzatishi mumkin, AQSh aholisi esa 7-aprel kuni kechasi.
Super Oy — to‘lin Oy yoki yangi Oy chiqishi Oyning Yerga maksimal darajada yaqinlashish vaqtiga to‘g‘ri kelgan paytda sodir bo‘ladigan astronomik hodisa. Yorqin qizil rang esa osmon jismi sayyora soyasida turishi, va uning yuzasiga faqat yorug‘likning bir qismi tushishi hisobiga yuzaga keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning fevralida tarmoqlarda qip-qizil tusga kiradigan moviy Oyning, shuningdek, super Oyning ilk suratlari paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)