O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusga chalingan 390 kishining (ularning ikki nafari vafot etgan, 30 nafari sog‘aygan) 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Yosh jihatdan olib ko‘riladigan bo‘lsa, kasallanganlar orasida:
- 0-9 yoshgacha —10 nafar (2,6 foiz);
- 10-19 yoshgacha — 15 nafar (3,8 foiz);
- 20-29 yoshgacha — 59 nafar (15,1 foiz);
- 30-39 yoshgacha — 111 nafar (28,5 foiz);
- 40-49 yoshgacha — 123 nafar (31,5 foiz);
- 50-59 yoshgacha — 48 nafar (12,3 foiz);
- 60-69 yoshgacha — 17 (4,4 foiz);
- 70-79 yoshgacha — 6 (1,5 foiz);
- 80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3 foiz)ni tashkil etmoqda.
Izoh (0)