Hyundai kompaniyasi koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zgartirgan logotipini taqdim etdi, deb yozadi Motor.
Ma’lumki, yangi turdagi koronavirus infeksiyasi jahon iqtisodiyotiga katta miqdorda zarar yetkazdi.
Tibbiyot sohasidagi mutaxassislar koronavirus tarqalishining oldini olishda nafaqat gigiyenaga rioya etish, balki ijtimoiy masofalanish ham muhim ekanligini ta’kidlamoqda.
Shundan so‘ng jahondagi yirik korporatsiyalar ijtimoiy masofalanishning ahamiyatini targ‘ib eta boshladi. Hyundai ham shu yo‘ldan borib, logotipidagi qo‘l berib ko‘rishish aks etgan belgini tirsak bilan ko‘rishish holatiga o‘zgatirdi.
Izoh (0)