Xamirga kakao kukuni qo‘shilsa, odatiy oladyelar yanada mazali va xushta’m chiqadi. Bunday desert banan va shokolad pastasi bilan esa yanada chiroyli ko‘rinish kasb etadi.

Foto: Lifehacker

Masalliqlar:

  • Un — 300 gramm
  • Shakar — 60 gramm
  • Kakao kukuni — 40 gramm
  • Soda — 2 gramm
  • Limon kislotasi — bir chimdim
  • Suv — 1 choy qoshiq
  • Tuxum — 1 dona
  • Qatiq — 400 ml
  • O‘simlik yog‘i — 2-3 osh qoshiq

Tayyorlanish jarayoni:

1․Un, shakar va kakaoni aralashtiring.

2․Alohida idishga soda, limon kislotasi solib, ustiga suv quyib aralashtiring, unni soling.

3․Tuxumni ko‘pirtiring va ustiga qatiqni quying. Qolgan masalliqlarni ham qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.

4․Oladyelarni o‘rta olovda qizigan yog‘da 2—3 daqiqa qovurib oling.

Yoqimli ishtaha!