O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Shahzoda agar duet aytishni taklif qilsa, bajonidil rozi bo‘lishini bildirdi. Bu haqda u “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Shahzoda bilan ko‘pi bilan uch yil do‘st bo‘lganmiz. U bilan taxminan 15 yildan beri umuman gaplashmaymiz. Lekin odamlar haligacha bizni solishtiradi. Menda eski Shahzoda haqida juda yaxshi xotiralar qolgan, u hozir qanaqa inson ekanligini bilmayman.
‘Milliy TV’ telekanali bir loyiha doirasida Shahzoda ikkalamizga duet ijro etishni taklif qilgandi. Men rozi bo‘ldim, Shahzoda esa bu taklifni rad etdi.
U bilan urishib qolganimizdan keyin o‘rtamizda ko‘p gaplar o‘tdi. Hozirgi kunga kelib men bularning barchasini esdan chiqardim, kechirdim. Men hech qachon Shahzodaga yomonlik qilmaganman, yomonlik tilamaganman. Unga o‘zimga nimayiki ezgu tilaklarni tilasam, unga ham shularni tilayman. Shahzoda agar duet aytishni taklif qilsa, albatta, rozi bo‘laman, taklif qilmasa ham to‘g‘ri tushunaman”, — deydi Rayhon.
Izoh (0)