Angliya Premyer Ligasi va mamlakatning quyi divizion klublari bosh murabbiylari joriy mavsum davom etadigan bo‘lsa zaxiradan foydalanish sonini oshirishni taklif qilmoqda.
Murabbiylar o‘yinlar oldidan kerakli tayyorgarlik bo‘lmagani sabab jarohatlar ehtimoli oshib ketishidan xavotirda, deya xabar qilmoqda The Telegraph.
FIFA tasnifida va barcha milliy federatsiyalarda bir uchrashuv davomida uchtagacha futbolchi almashtirish mumkin. Qo‘shimcha bo‘limlar tayinlangan taqdirda to‘rtinchi o‘zgarishga ruxsat etiladi.
Ayni damda Yevropada APL va boshqa musobaqalar koronavirus tufayli to‘xtab qolgan. Mintaqada faqatgina Belarus chempionati davom etmoqda.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)