Koronavirus pandemiyasi sabab bo‘shab qolgan Llandidno (Uels, Buyuk Britaniya) shahri ko‘chalarini echkilar bosib ketdi, deb yozadi The Sun gazetasi.
27-mart kuni mahalliy aholi vakillaridan biri Endryu Styuart qovoqxona oynasidan qarovsiz echkilar yurganini payqab qolib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Voqea joyiga yetib kelgan patrullar ularni Buyuk Orm burniga quvib yuborgan.
Styuartning so‘zlariga ko‘ra, politsiyaning sa’y-harakatlariga qaramay, echkilar shaharni tark etishni xohlamagan. Ertasi kuni hayvonlar yana Llandidno ko‘chalarida paydo bo‘lgan.
Izoh (0)