Shahzoda Garri va Megan Markl Britaniya qirollik oilasini tark etayotib, Instagram’dagi folloverlari bilan xayrlashdi, deb xabar berdi “Korrespondent”.
Er-xotin “dunyo hozir favqulodda nozik tuyulayotgan bo‘lsa-da”, vaziyatni har bir inson o‘zgartirishga qodir ekanligini ta’kidladi.
Garri va Megan hozirgi paytda eng muhimi “butun dunyodagi barcha odamlarning salomatligi va farovonligi hamda pandemiya natijasida yuzaga kelgan ko‘plab muammolarni hal qilish” ekanligini yozgan.
https://www.instagram.com/p/B-XTsETJsU0/
Qayd etilishicha, 11 million folloverga ega sahifa ochiq holda qoladi, biroq unga yangi postlar joylanmaydi.
Ma’lumot uchun, shahzoda Garri va Megan Markl 31-mart kuni qirollik maqomidan rasman mahrum bo‘ldi.
Izoh (0)