Rossiyada koronavirusni aniqlashga imkon beradigan ikkita yangi test tizimi yaratildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Roszdravnadzor” 27-mart, juma kuni, COVID-19’ni aniqlashga imkon beradigan testlarni ishlab chiqara oladigan ikkita yangi kompaniyani ro‘yxatga olgan. Ular “Liotex” va “Vektor-best” kompaniyalari hisoblanadi.
Shu tariqa, ayni paytga kelib Rossiyada oltita tashkilotning testlari ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning uchtasi davlat korxonalari bo‘lsa, qolgan uchtasi xususiy kompaniyalar hisoblanadi. Birinchi xususiy kompaniya “Smartlayfkea” o‘z test tizimini 20-mart kuni ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Qayd etilishicha, yana 10 ta kompaniyaning test tizimlari ro‘yxatdan o‘tishga tayyorlanmoqda.
“Rospotrebnadzor”ning ma’lum qilishicha, Rossiyada 30-martga qadar koronavirusni aniqlash bo‘yicha 344 mingta test o‘tkazilgan, ularning 80 mingtasi 29-mart kuni amalga oshirilgan.
Mavzuga doir: Koronavirusni aniqlovchi ekspress-test qurilma yaratildi
Izoh (0)