• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Umrada bo‘lib qaytgan namanganlik ayolning yana besh qarindoshida va uning vafot etgan onasiga qaragan hamshirada koronavirus aniqlandi

    O‘zbekistonda 29-mart kuni aniqlangan koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 29 ta yangi holatning oltitasi Namangan viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi o‘rinbosari Davlatali Qosimov ma’lum qildi. Viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 12 nafarga yetgan.

    12-mart kuni Turkiya orqali Umra ziyoratiga borib kelib, uy karantinida nazoratda bo‘lgan Namangan shahrida yashovchi 51 yoshli ayol koronavirus infeksiyasiga chalinganlikda gumon qilinib, 24-mart kuni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantin kuzatuviga yotqizilgan. Uning koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani 26-mart kuni tasdiqlangan.

    Infeksiya bu ayoldan uning onasi, singlisi, qizi hamda nevarasiga ham yuqqanligi (ayol Umra ziyoratidan qaytgach, kamida 231 kishi uni ko‘rgani xonadoniga mehmon bo‘lib kelgan), koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda miokard infarkti oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi (onaxonning janozasida birorta ham qarindoshi qatnashmagan).

    29-mart kuni tongda ushbu ayolning karantin kuzatuvida bo‘lgan yana besh nafar qarindoshida — boshqa bir singlisi, singlisining kelini, akasi, akasining rafiqasi, jiyani hamda uning onasiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelgan patronaj hamshirasida — jami olti nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

    Hozirgi kunda ushbu fuqarolar bilan oilaviy yaqin muloqotda bo‘lganlarning barchasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, ikkilamchi muloqotda bo‘lganlar esa maxsus jihozlangan izolyatorlarga joylashtirilgan. Hozirda ularning sog‘ligi malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

    “Hurmatli Namangan viloyati aholisi! Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi nomidan sizdan uydan chiqmaslikni, koronavirus profilaktikasi bo‘yicha barcha berilayotgan maslahat va talablarga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolamiz. Hayotingiz, oilangiz, farzandlaringiz, nevaralaringiz, ota-onangiz hamda xalqimiz kelajagini xatarga qo‘ymang”, — dedi Davlatali Qosimov.

    Eslatib o‘tamiz, 29-mart soat 14:00 holatiga O‘zbekistonda 133 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bemorlarning ikki nafari vafot etgan, yetti nafari sog‘aygan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatdagi deyarli barcha yirik shaharlar yopilgan, viloyatlararo harakatlanish to‘xtatilgan, 30-martdan boshlab esa maxsus ruxsatnomasi shaxsiy avtomobilda harakatlanish taqiqlandi.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan. Uchrashuvda namanganliklar ham bo‘lgan
    • Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning qizi Umraga “boshqa yo‘llar” bilan borgan. Ziyoratdan qaytgach, uyida 231 kishi bilan ko‘rishgan
    • Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning janozasida birorta ham qarindoshi qatnashmadi
    • Namangan shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 9 kunlik ta’til e’lon qilindi

    29.03.2020, 15:08   Izoh (0)   106181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda fuqaro un narxi oshgani haqidagi noaniq xabar bilan viloyat hokimini chalg‘itishga urindi

    29.03.2020, 08:52

    O‘zbekistonda karantin vaqtida farzandlariga qarayotgan ota-onalarga yillik mehnat ta’tilini berish tartibi e’lon qilindi

    29.03.2020, 07:43

    Samarqandda kartoshka va tibbiyot niqoblarini noqonuniy sotayotgan shaxslar aniqlandi

    29.03.2020, 06:31

    Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan. Uchrashuvda namanganliklar ham bo‘lgan

    29.03.2020, 03:08

    Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning qizi Umraga “boshqa yo‘llar” bilan borgan. Ziyoratdan qaytgach, uyida 231 kishi bilan ko‘rishgan

    29.03.2020, 01:47

    Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning janozasida birorta ham qarindoshi qatnashmadi

    29.03.2020, 01:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.