O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ularning 6 nafari 26-mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olingan, 7 nafari ham 26-mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan.
“Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Avvalroq Namangan viloyatida koronavirus aniqlangan 72 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Koronavirusdan vafot etgan kishi qanday dafn etiladi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi
- O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 23 nafari virusni xorijda, 60 nafari mamlakatning o‘zida yuqtirgan
- O‘zbekistonda o‘ta zaruratsiz uydan chiqish va ko‘chada 3 nafardan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlandi
Izoh (0)