ERIELL Group xalqaro neftservis kompaniyasi o‘z ofislari va ish obyektlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik-ogohlantirish tadbirlarini faol olib bormoqda.
Ushbu chora-tadbirlardan maqsad xodimlar orasida koronavirus infeksiyasining sog‘liq uchun xavfini minimallashtirishdir. Xodimlar rioya qilishlari kerak bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib borilmoqda: tez-tez qo‘llarni yuvish, niqob taqish, O‘RVIning birinchi belgilarida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish. Hozirgi kunda xodimlarning 90% i masofada ishlash tartibiga o‘tkazilgan.
Shuningdek, xodimlarning shaxsiy gigiyenasi ustidan nazorat choralari ko‘rilgan, termometriya punktlari va qo‘llarni dezinfeksiyalash stansiyalari o‘rnatilgan, binolarni dezinfeksiyalash vositalari, niqoblar, dori-darmon va antiseptiklar sotib olingan. Kompaniya ofislari va obyektlarida o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun tibbiy xodimlar navbatchilikda 24 soat ishlamoqda.
Quduqlarni qurishda shikastlanish va kasalliklardan to‘g‘ri himoyalanish, navbatchilik qismlari, turar joylar, shuningdek, burg‘ulash maydonlariga olib boradigan yo‘llarda yuqori darajadagi gigiyena talab etiladi.
Kompaniya rahbariyati tomonidan olib borilayotgan malakali va keng qamrovli profilaktika ishlari xavfni kamaytirishga va koronavirus infeksiyasini yuqtirishni oldini olish, ish sifatini oshirish va ishchilarning mehnat layoqatini saqlab qolish imkonini beradi.
ERIELL Group matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)