• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    O‘zXDP deputatlari maxsus xizmat mashinalariga yo‘l bermaganlik uchun jarimalar miqdori oshirilishiga qarshiligini bildirdi

    Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi parlament quyi palatasiga kelib tushgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini keskin bahs-munozara, tortishuvlar bilan tanqidiy ko‘rib chiqdi.

    Gap shundaki, amaldagi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 1285-moddasiga ko‘ra, ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit bergani uchun haydovchilarga javobgarlik belgilangan. Jarima – bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning besh baravari, ya’ni 1 115 000 so‘m. Qonun loyihasida ushbu jarima miqdorini BHMning o‘n baravari miqdoriga (2 230 000 so‘mga) oshirish taklif qilinyapti.

    Huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda, jarimani bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari darajasida belgilash taklifi berilyapti.

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlari jarimani oshirishga qarshi ekanliklarini bildirdi. Ular buni jarimalar miqdori aholining real daromadlariga keskin nomuvofiq bo‘lgan taqdirda qonundan ko‘zlangan chora foyda bermasligi bilan izohlashdi.

    Deputat Dilorom Imomova jarima miqdori oshirilishi kutilayotgan natijani bermasligi, aksincha, transport vositalari haydovchilarining yana bir noroziligiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

    Deputat Firdavs Sharipov amaldagi jarima miqdori 1 million so‘mdan ortiq ekani, bazaviy hisoblash miqdori oshishi bilan shundog‘am jarima oshib borayotganini bildirdi.

    Fraksiya a’zosi O‘rol O‘rozboyev jarima miqdori oshirilishi Xalq demokratik partiyasi elektorati, kam daromadli yurtdoshlarimiz manfaatlariga zid ekaniga, hozir davlat tomonidan aholi daromadlarini ko‘tarish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar o‘tkazilayotgan paytda jarimalar oshishi odamlarning ishchanlik kayfiyatiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus avtotransport vositalariga yo‘l bermagani uchun 2017-2019-yillarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1285 – moddasi 1-qismi bilan 738 nafar haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Lekin bu huquqbuzarliklarga jarima miqdorining kamligi sabab bo‘layotgani haqida hech qanday asoslar yo‘q.

    Sherbek Bo‘ronov, fraksiya a’zosi:

    – Poytaxtimizda, tuman va shahar markazlarida avtomobil yo‘llari talab darajasida emasligi, respublikamizning barcha hududlarida transportlar serqatnovligi ko‘paygani, yo‘llar bunday yuklamaga tayyor emasligi sababli tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Majburiy tirbandlik holatlarida haydovchilar qanday qilib maxsus transport vositalariga yo‘l berishi mumkin? Bu haydovchining aybi emasku?..

    Keyingi masala: qonun tashabbuskorlari xorij davlatlari, jumladan, Singapurda jarimalar bizdagidan yuqori ekanini payqabdi. Lekin u davlatda aholining o‘rtacha daromadi qancha-yu bizda qancha?..

    Maxsus transport vositalariga yo‘l bermaganlik uchun jarima miqdori Rossiya Federatsiyasida 10 baravarga oshirilgan (750 ming so‘mga to‘g‘ri keladi), ammo bizda amalda bo‘lgan eng kam jarimadan ham (1 mln115 ming so‘m) oz. Bunday huquqbuzarlik uchun jarima miqdori Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda ham bizdagidan kam. Qozog‘iston, Moldova va Ozarbayjonda esa jarima miqdori bizdagidan qariyb 2 barobar kam. Mana shu davlatlardagi jarimalar tahlil qilinsa, jarimalar miqdori aholi daromadiga uzviy bog‘liq ekani ko‘rinadi.

    Qonun tashabbuskorlari xorijiy tajribani o‘rganish deganda faqat jarima summalaridagi farqlarga e’tibor qaratgan chog‘i. Fikrimizcha, boshqa jihatlarga ham e’tibor qaratish kerak edi.

    Fraksiyaning boshqa a’zolari ham jarima miqdori oshirilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi haqida tanqidiy fikr bildirdi.

    Fraksiya a’zosi O‘rol O‘rozboyev masalaning boshqa jihatiga e’tibor qaratdi. Aytaylik serqatnov chorrahada to‘xtab turgan haydovchi ortidan kelgan maxsus transport vositasiga yo‘l berishi uchun yashil chiroq yonib turgan tomondan kelayotgan avtomashinalarga xalaqit berishga majbur bo‘ladi, oqibatda avtohalokat sodir bo‘lishi ehtimoli ortadi.

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlari yo‘l qoidalarini buzganlik uchun amaldagi jarimalar miqdorlari shundog‘am baland ekani, hozir oshirish haqidagi takliflarga umuman o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

    Xalq demokratik partiyasi axborot xizmati

    Reklama huquqi asosida.

    26.03.2020, 15:01   Izoh (0)   67908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonni 2shop savdo-sotiqni avtomatlashtirish dasturi zabt etmoqda

    26.03.2020, 12:00

    Huawei o‘z texnologiyalari yordamida dunyo bo‘ylab insonlar salomatligini asrashga hissa qo‘shmoqda

    26.03.2020, 10:41

    East Telecom kompaniyasi o‘z strukturasiga EVO Internet provayderining qo‘shilishini e’lon qildi

    25.03.2020, 18:00

    Novza turar joy kompleksida sotuvning yakuniy bosqichi tugashiga 5 kun qoldi!

    25.03.2020, 15:00

    “Sokol” oromgohining ma’muriyati karantin sharoitlari haqida gapirib berdi

    25.03.2020, 13:43

    Boulevard turar joy majmuasi — yopiq ichki hovliga ega o‘ziga xos mavze

    25.03.2020, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.