• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-apreldan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

    O‘zbekiston Adliya vazirligi mamlakatda joriy yilning 1-aprelidan kuchga kiradigan o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etdi. Ular quyidagilar:

    1. Jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlar soliqqa tortishdan ozod qilinadi.

    2. Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan, ruxsat beruvchi hujjatlarni O‘zbekiston hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi joriy etiladi.

    3. 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshiriladi.

    4. 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda:

    • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
    • alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
    • umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi.
    5. 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imni hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

    Mavzuga doir: Jamshid Qo‘chqorov parlamentda Inqirozga qarshi choralar dasturi bo‘yicha axborot berdi

    6. 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi

    7. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-apreldan maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining maoshi oshadi

    8. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etiladi. (Ma’lumot o‘rnida: hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining ushbu tartibni nazarda tutuvchi qarori loyihasi regulation.gov.uz portalida umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan).

    9. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalarni yuklagan holda FHDYo organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

    Mavzuga doir: FHDYo organlari 2020-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari agentligining tasarrufiga o‘tadi

    10. Quyidagi davlat xizmatlari Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladi:
    • Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma;
    • Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma;
    • Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomnikni, shuningdek, zoologik kolleksiyalarni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma;
    • Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘zi to‘g‘risida ko‘chirma;
    • Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ko‘chirma, maxfiy axborot bundan mustasno;
    • Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
    • Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno;
    • manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish;
    • soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish, STIR berish;
    • yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini to‘xtatib turish.
    11. Tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati Qibray va Toshkent tumanlari, Farg‘ona viloyati Farg‘ona va Oltiariq tumanlari hamda Qashqadaryo viloyati Kitob va Nishon tumanlarida:
    • jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov o‘tkazish orqali ajratish mexanizmi joriy etiladi;
    • jismoniy va yuridik shaxslarga keyinchalik tanlovga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish huquqi beriladi;
    • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash hamda ulardan soliqqa tortishda foydalanish mexanizmi joriy etiladi.
    12. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi.

    Fuqarolarga Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali taqdim etiladi. Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

    13. Shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda videotasvirga tushirish tartibi joriy etiladi.

    Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan so‘ng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to‘g‘risida uning oila a’zolaridan birini, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish bo‘yicha majburiyat yuklanadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda prokuror qarori ustidan sudga shikoyat qilish tartibi joriy etiladi

    14. Budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga nisbatan Moliya vazirligi g‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisob varaqlari ochish orqali g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etiladi.

    26.03.2020, 15:54   Izoh (0)   332133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda niqobsiz yurgan fuqarolarni jarimaga tortish boshlandi

    26.03.2020, 15:39

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash va karantin uchun 10 ga yaqin shifoxona qurilmoqda (foto)

    26.03.2020, 14:57

    Fitch agentligi O‘zbekistonning bank sektori prognozlarini barqaror deb baholadi

    26.03.2020, 14:29

    Farg‘onada niqobsiz yurgan fuqarolar jarimaga tortildi (video)

    26.03.2020, 14:13

    Qarshida mashina urib ketgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi

    26.03.2020, 13:58

    Surxondaryodagi “Darband” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani yopildi (video)

    26.03.2020, 13:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yupiterning paydo bo‘lishi meteoritlarning o‘zgarishiga olib kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 25 avgust, 20:30

    O‘zbek muhojirlari Boltiqbo‘yi davlatlaridan pul yuborishni keskin ko‘paytirdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 20:20

    Suriya prezidenti ash-Shara’a BMTda nutq so‘zlaydi

    Dunyo | 25 avgust, 20:05

    Tramp ABC va NBC telekanallarining efir litsenziyalarini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

    Dunyo | 25 avgust, 19:50

    Suriya va Isroil o‘rtasidagi xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 19:37

    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy

    Reklama | 25 avgust, 18:00

    Ukraina va AQSH vakillari Rossiya tomoni bilan bo‘lajak tinchlik muzokaralaridan oldin uchrashmoqchi

    Dunyo | 25 avgust, 19:25

    O‘zbekistonda “Milliy futbol elektron platformasi” yaratiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 19:05

    Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Samarqandga keldi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni kutib oldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.