• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ijaraga olingan davlat mulkidan karantin davrida foydalanmagan tadbirkorlar ijara to‘lovidan ozod etiladi

    Davlat mulki obyektlarida ijara asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan va karantin sababli faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlar ijara to‘lovidan ozod etiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo‘min Ibodov 25-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, 25-martga qadar davlat mulki obyektlaridan ijara shartnomasi asosida umumiy ovqatlanish, o‘quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelayotgan, ammo karantin sababli faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan tadbirkorlik subyektlariga 24-mart sanasidan boshlab foydalanilmagan davr uchun hech qanday ijara puli hisoblanmaydi.

    Shuningdek, pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni yumshatish maqsadida shu davrda investitsiya majburiyatlari bajarilishi kechiktirilgani uchun penya hamda jarimalar hisoblanmaydi va majburiyat bajarilmagani uchun shartnomalar bekor qilinmaydi. Inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishi muddatlari uzaytirib beriladi.

    Bundan tashqari, davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalda bo‘lgan shartnomalarga asosan, xarid to‘lovlari o‘z vaqtida bajarilmasa, inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, muddat qayta ko‘rib chiqiladi.

    Respublika komissiyasining topshirig‘iga ko‘ra, yuzaga kelgan karantin holatida aksiyadorlarga ham qulayliklar yaratib berish maqsadida xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini onlayn rejimda, masofadan turib ovoz berish orqali o‘tkazish tizimini 1 oy ichida joriy etish yuzasidan hozirda agentlik tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

    Mazkur imkoniyatlardan foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilish lozim.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari bilan +99871 2592258, +99871 2592138 raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 21-martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlari, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno), karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatildi. 24-martdan boshlab Toshkent shahri va viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopildi.

    Mavzuga doir: Dunyoda global inqiroz boshlangani ma’lum qilindi

    O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi tuzildi va unga 10 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga kreditlar va soliqlar bo‘yicha bir qator yengilliklar taqdim etiladi.

    Mavzuga doir: XVJ: 2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008-yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutmoqda

    25.03.2020, 22:54   Izoh (0)   21249
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tekin emas, to‘lovi kechiktirilgan”. O‘zbekistonda internet va telefon aloqasidan ikki oy davomida foydalanish haqida

    25.03.2020, 22:38

    Karantin sababli ba’zi jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida 1-oktabrgacha imtiyozli davr beriladi

    25.03.2020, 22:27

    6 viloyat aholisini Toshkentga olib boruvchi Samarqand postlarida kirib-chiqish to‘xtatildi

    25.03.2020, 21:52

    Qashqadaryoda xususiy klinika faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorga bosim o‘tkazilayotgani aytilmoqda

    25.03.2020, 21:35

    SSV bemorlar ahvoli og‘irligini aytib, tanishlaridan “rozi-rizolik so‘ragan” tibbiyot xodimi videosiga izoh berdi

    25.03.2020, 21:26

    Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanishi so‘mning almashuv kursiga nima uchun ta’sir qilmayotganiga izoh berdi

    25.03.2020, 20:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.