O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 49 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
“Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.
Izoh (0)