O‘zbekiston Markaziy banki joriy hafta uchun valyuta kurslarini e’lon qildi. AQSh dollarining so‘mga nisbatan ayirboshlash kursi qatorasiga ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda.
Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan yangi valyuta kurslariga ko‘ra, dollarning narxi o‘tgan haftaga nisbatan 12,40 so‘mga oshib, 9532,74 so‘mga yetgan.
Yevro esa 352,29 so‘mga arzonlashgan va bir yevro 10220,05 so‘mni tashkil qilmoqda. Rossiya rubli ham o‘tgan haftaga nisbatan 10,23 so‘mga arzonlashgan va 119,99 so‘mga tushgan.
Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan mazkur valyuta kurslari 2020-yil 25-martdan amal qiladi.
O‘zbekistonda dollar kursi olti haftalik pastlashdan so‘ng o‘tgan haftada ilk bor ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)