Turkmanistonning Lebob viloyatidagi amaldorlar yangi turdagi COVID-19 koronavirusidan himoyalanish maqsadida o‘z oilalarini Repetek qo‘riqxonasiga joylashtirdi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.
Amaldorlar qo‘riqxona hududida va uning chegarasi yaqiniga 15-20 ta chodir tiklagan. Chodirlar bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda amaldorlarning qarindoshlari muntazam yashab kelyapti, ularning o‘zi esa har kuni 60 kilometr masofa bosib ishga, viloyat markazi — Turkmanobodga borib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda izolyatsiyalangan tashabbuskorlar orasida prokuratura, viloyat hokimligi vakillari hamda bir necha sudya bor.
Ta’kidlash kerakki, Lebob viloyatida boshqa hududlardagi kabi 21-mart kuni Navro‘z munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilgan. Budjet tashkiloti xodimlari ushbu tadbirlarda majburiy ravishda qatnashishi kerak bo‘lgan. Lebob viloyati uchun bu, ayniqsa, xavfli, chunki COVID-19 pandemiyasi paytida Ashxobod barcha xalqaro reyslarni aynan Turkmanobodga yo‘naltirgan. Shuningdek, u yerda xorijdan kelganlar uchun karantin zonalari tashkil etilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)