Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan benzin narxi oshib, yoqilg‘i quyish shoxobchalari yopilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.
“Shahrimiz fuqarolarining avtomobil yoqilg‘isi narxlari va ta’minoti bo‘yicha hech qanday xavotiriga o‘rin yo‘q.
Yoqilg‘i ta’minoti omborlarida Toshkent shahri ehtiyojining uch oylik miqdori hajmida zaxiralar mavjud bo‘lib, benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshirilmaydi.
Karantin muddati davomida avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev narxlarni asossiz oshirayotganlar haqida: “Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!”
Izoh (0)