O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalarga maxsus ma’lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng karantinda bo‘lishi sababli xorijiy fuqarolarni O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha charter reyslarni tashkil etish 3 kunga qoldirildi.
Reyslarning aniq vaqti haqidagi ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali o‘z vaqtida e’lon qilinishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 46 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh (0)