“Sirdaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratiladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida:
- 2020—2024-yillarda – 25 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi;
- kamida 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.
Shuningdek, savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan, xalqaro logistika xizmatlari ko‘rsatiladi.
Izoh (0)