“Bavariya” safida ijara asosida to‘p surayotgan Filippe Koutinyo faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.
Football Italia’ning xabar qilishicha, braziliyalik futbolchi milanliklar hujumchisi Lautaro Martinesning “Barselona”ga transferining bir qismiga aylanishi mumkin.
Shuningdek, “Inter” Koutinyoni Martinesning transferiga aralashtirmagan holda ikki yil muddatga ijaraga olishga ham qarshi emas.
“Barselona” rahbariyati “Bavariya” 27 yoshli futbolchini 90 million yevro evaziga sotib olmasligiga ishonmoqda va shunga moslab keyingi rejalarni tuzmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Koutinyo avvalroq “Inter”da to‘p surgan. Bu uning Yevropadagi ilk jamoasi hisoblanadi. Futbolchi milanliklar safida A Seriyada 28 o‘yin o‘tkazib, uchta gol urishga erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)