• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Rejissor Sarvar Karimov “Sarvqomat dilbarim”dagi o‘pishish sahnasi va titrlar kesib tashlangani uchun “Milliy TV”ni sudga berishini ma’lum qildi

    Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari asosida o‘zbekistonlik rejissor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan film 20-mart kuni “Milliy TV” telekanali orqali efirga uzatildi. Sarvar Karimov efirga uzatilgan filmning eng muhim qismlari — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasi kesib tashlanganidan noroziligini bildirib, bayramdan so‘ng telekanalni sudga berishini ma’lum qildi.

    Kadr: “Sarvqomat dilbarim”

    Kadr: “Sarvqomat dilbarim”
    Qadrli “Milliy TV” telekanalining ayrim ijodkorlari. Sizlarni ilgari ham unchalik qattiq yaxshi ko‘rmasdim-u, kechagi ishingizdan keyin umuman yomon ko‘rib qoldim. Telekanalingizni butun ijodiy jamoamiz bilan yomon ko‘ramiz. Magazinchi G‘aybulla ham sizlarni yoqtirmaydi, o‘zi aytdi menga.

    Kecha, ya’ni 2020-yil 20-mart soat 22:00 da men rejissorlik qilgan “Sarvqomat dilbarim” filmi telekanalingizda efirga uzatildi. Uyalmasdan, mendan ruxsat so‘ramasdan, bir og‘iz maslahatlashmasdan filmning eng muhim sahnalaridan biri bo‘lmish — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasini kesib tashlabsizlar. Avvalambor, bu sahna syujet uchun o‘ta muhim. Qolaversa, aynan shu sahnada filmning g‘oyasiga xizmat qiluvchi kiyik obrazi ilk bora tomoshabin ko‘z oldida gavdalanardi. Bu kiyik metafora bo‘lib, baxt timsolini o‘zida ifoda etadi. Afsuski, sizlar metafora nima ekanini tushunmasangiz kerak. Aks holda uni kesib, yo‘q qilib tashlashga vijdoningiz yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.

    Shu o‘rinda sizlarga savol bermoqchi edim: nahotki odam shu qadar qo‘rqoq bo‘lishi mumkin? Ikki odam kadrda o‘pishsa – musaffo osmonimiz uzilib qaro yerga qulab tushadimi? Yoki o‘zbek o‘pishmaydimi? Yoki bu filmda uydan qochib, ko‘cha-kuyda o‘pishib yurish targ‘ib qilinganmi? Filmni o‘zi ko‘rayotganda mundoq umumiy ma’no-mazmuniga ham ahamiyat berasizlarmi? Yoki aql-u farosatingiz faqatgina asarni alohida-alohida kadr darajasida ko‘rishdan uyog‘iga o‘tmaydimi? Filmning boshida katta qilib 16+ deb yozilgan bo‘lsa, jonivor kechasi 22:00 dan keyin berilayotagan bo‘lsa – nima muammo? Qolaversa, kinoni men tasvirga olganman, “O‘zbekkino” Milliy agentligi badiiy kengashi tasdiqlagan, shu sahnasi bilan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya kinoteatrlari namoyish etgan, festival va tanlovlarda qatnashgan. Shunday ekan, siz nimadan qo‘rqasiz? Gap tegsa – menga tegadi, “O‘zbekkino”ga tegadi-ku! Sizlarga tegmaydi. Tegsa ham, “Ana, rejissordan so‘ranglar nega bunaqa uyatsiz kino olganini. Bizga “O‘zbekkino” berdi kinoni, biz qo‘ydik”, desangiz ham bo‘ladi-ku?! Nega bu qadar qo‘rqoqsiz? Nega bu qadar kalta o‘ylaysiz? Qilayotgan ishingizdan o‘zingiz uyalmaysizmi? Nahotki bir umr qo‘rqib, qaltirab, ikki pullik ishingizdan ayrilib qolish vahimasi bilan yashab, o‘lib ketaverasizlar? Siz ham odamsiz-ku, qul emas. Ongli mavjudotsiz-ku. Miya nimaga berilgan o‘zi? O‘pishish sahnasi “O‘tkan kunlar”da ham, “Shum bola”da ham bor-ku. Yoki bu filmlar ham uyatsizmi? Yoki Chingiz Aytmatov yomon yozuvchimi, uyatsiz, ma’naviyatsiz asarlar yozganmi? Kesmasangiz — dunyo ostin-ustun bo‘lib ketar ekan, men bilan aloqaga chiqib, bir og‘iz maslahatlashsangiz bo‘lmasdimi?

    Bundan tashqari Ilyosning “Ilhom” teatrida foye bo‘ylab yurish sahnasini ham kesibsizlar. Chunki devorda rassom Sardor Erkinovning “Metamorfozalar” turkum kartinalari ilingan edi. Yarim yalong‘och erkak va ayollarni ko‘rib, qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz kerak-da. Shu sahna efirdan ketsa – o‘zbek millati parokanda bo‘lib, yoshlarimiz yoppasiga uyatsiz bo‘lib ketadi-ku axir, to‘g‘rimi?

    Ammo eng achinarlisi – film yakunidagi titrlarni ham butkul kesib tashlabsizlar. Ya’ni bu bilan film uchun bir yil fidokorona xizmat qilgan yuz kishiga yaqin jamoaning mehnatini sariq chaqaga ilmagansizlar. Ilgari titrni yashin tezligida o‘tkazib yuborardingiz. Bunisiga ko‘nikkan edik. Efir vaqti falon pul, buni biz ham tushunamiz. Ammo yakuniy titrni butkul kesib tashlash – qip-qizil surbetlik emasmi?

    Xullas, men sizlardan xafaman va dushanba kuni yaxshi niyat bilan advokat yo‘llab, telekanalingizni sudga beraman. Zora, shu insedentdan keyin qolgan telekanallarimizga ham insof tegib qolar va oz bo‘lsa-da, kinoijodkorlarning mehnatini qadrlashni o‘rganishar. Lekin sizlarni bari-bir yomon ko‘raman. O‘zingizni o‘zingiz ham yomon ko‘rsangiz kerak. Tag‘in bilmadim...

    Navro‘z bayrami bilan ham tabriklamayman sizlarni. Sizlar – yomon odamsizlar!

    Sarvar Karimov, kinorejissor

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida “Uy kinoteatri” aksiyasini amalga oshirmoqda. “O‘zbekkino” telekanallarga taqdimoti yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mo‘ljallangan 30 ta yangi filmni taqdim etgan. Ular orasida “Sarvqomat dilbarim” “Qo‘qon shamoli”, “Avloniy”, “Birinchi avgust” va boshqalar bor.

    Mavzuga doir: 

    • “Sarvqomat dilbarim” filmida Adiz Rajabov ishtirokidagi o‘pishish sahnasi qanday suratga olingan? (video)
    • “Qaysi o‘zbek aktrisasi qishloq qizi roliga mos?”. “Sarvqomat dilbarim”da nima uchun qirg‘iz aktrisasi bosh rolda o‘ynaganiga oydinlik kiritildi
    • Sarvar Karimov: Kinoga daxldor qonunlar o‘zgarmas ekan, Prezident qarorlaridan foyda yo‘q
    • O‘zbek kinosida 10 mln so‘mga tushadigan eshak sahnasini 100 ming so‘mga olish — qoidabuzarlik. Nega bundayligini Sarvar Karimov tushuntiradi

    21.03.2020, 14:45   Izoh (0)   82022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sevimli Bollivud yulduzlarining bolalikdagi suratlari (foto)

    21.03.2020, 11:54

    Xitoyda karantindan keyin birinchi kinoteatr ish boshladi. Ammo hech kim kelmadi

    20.03.2020, 21:32

    Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?

    20.03.2020, 19:41

    “Taxtlar o‘yini” serialining yana bir yulduzida koronavirus aniqlandi

    20.03.2020, 11:28

    Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)

    19.03.2020, 21:20

    Hindistonda koronavirus tufayli filmlarni suratga olish to‘xtatib qo‘yildi. Ular orasida “Forrest Gamp”ning hindcha remeyki ham bor

    19.03.2020, 17:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.