Google qidiruv tizimining 20-mart kuniga bag‘ishlangan dudli (doodle) qo‘lni to‘g‘ri yuvishga bag‘ishlandi. Qo‘llanma Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga asosan yaratilgan, deya xabar beradi Meduza.
Dudlda antiseptik vositalarning asoschilaridan biri hisoblanuvchi vengriyalik shifokor Ignas Zemmelveys qo‘lida yoniq sekundomer bilan turibdi. Aynan u XIX asrda qo‘llarni dezinfeksiya qilish kasallik tarqalishining kamayishiga xizmat qilishini isbotlab bergan.
Shifokor fonida qo‘lni yuvishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi ko‘ratilgan. Dudl oxirida Zemmelveys sekundomerni yashiradi va ko‘zlarini mamnun yumadi.
Izoh (0)