Samarqand viloyatining Narpay tumanida aholiga 10 tonna un va 4,5 ming dona qolipli non bepul tarqatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur savobli ish tumandagi “Mirbozor” va “Dehqonobod” MChJ bozorlarida Narpay tuman hokimligi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi, Soliq inspeksiyasi hamda “Oqtoshdon” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida amalga oshirilgan.
“Xalqobod” mahallasida yashovchi, ayni kunda betob bo‘lib to‘shakka mixlanib qolgan Nina Mixayelinko saxovatpeshalar tuhfasidan xursand bo‘lib, yaxshilarni duo qildi. Shuningdek, tumandagi “Elegant baraka” kompleks markazi tomonidan “Mirbozor” va “Dehqonobod” MChJ bozorlarida 4,5 ming dona non va isiriq bepul tarqatildi”, — deydi Narpay tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Islombek Norbekov.
Ta’kidlanishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Asrora medfarm” MChJ vakillari kam ta’minlangan oilalar va nogironlarga spirt hamda tibbiy niqoblarni bepul tarqatgan.
Izoh (0)