UEFA tashkiloti 17-mart, seshanba kuni mintaqa assotsiatsiyalari bilan videokonferensiya shaklida majlis o‘tkazdi.
Unda koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatning 2020-yilgi Yevropa Chempionatiga ta’siri haqida so‘z bordi. Tashkilot yakunda musobaqani 2021-yilga (11-iyundan 11-iyulgacha) ko‘chirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Norvegiya futbol assotsiatsiyasi o‘z Twitter’ida ma’lum qildi.
Yevro—2020 musobaqasi mintaqaning 12 shahrida 12-iyundan 12-iyulga qadar o‘tkazilishi kerak edi.
Avvalroq UEFA musobaqani ko‘chirish uchun liga va klublardan 275 million funt talab qilayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtga kelib Yevropa kuchli beshlik ligalari va boshqa bir qator chempionatlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)