Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida 10 982 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. 343 kishi vafot etdi, deb xabar berdi “RBK”.
Statistikaga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning umumiy soni 27 mingtaga yetgan, jahonda esa bu ko‘rsatkich 10 955 tani tashkil etgan.
Kasallikdan o‘limlarning aksariyat qismi, ya’ni 333 tasi boshqa mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan, Xitoyda esa 10 kishi vafot etgan.
15-mart kuni koronavirus bilan kasallanish to‘qqizta yangi davlatda qayd etilgan: ulardan yettitasi Afrika hududida joylashgan, bittasi Yevropa mamlakati, yana bittasi Amerika qit’asida.
Ma’lumot uchun, 15-mart kuni O‘zbekistonda ham koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Virus 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-mart kuni COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni olti nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)