Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi “Al-Hilal” kafesi oldida olingan video tarqaldi. Ushbu video muallifi yosh ayolning 3-4 yoshli qizchani urayotganiga guvoh bo‘lgan.
Video muallifi ayoldan qizchani urishni bas qilishni so‘ragan, biroq ayol to‘xtamagan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu videoga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hozirda qizchani kaltaklagan ayol qidirilmoqda. Uning bolaga nisbatan shafqatsizlarcha munosabati sababini o‘rganish uchun ishga psixologlar, shuningdek, ayollar ishlari bo‘yicha inspektor jalb qilinadi.
Izoh (0)