Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumat qarori bilan Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.

Bu bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.

Litsenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun BHMning 4 baravari (892 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Litsenziya berilganligi uchun BHMning 10 baravari (2 million 230 ming so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.

Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Mahalliy
Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtda to‘satdan vafot etdi