O‘zbekiston maxsus kuchlarining ilg‘or rotasi o‘z zirhli mashinalarida tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazgani Tojikistonga yetib keldi, deb xabar beradi “BigAsia.ru”.
Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar Tojikistondagi “Faxrobod” poligonida 11-martdan 14-martgacha davom etadi. Unda Tojikiston qurolli kuchlarining maxsus kuchlari rotasi ishtirok etadi.
Maxsus jangchilar zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va o‘qotar qurol yordamida ikki davlat chegarasidagi shartli terrorchi guruhlarni yo‘q qilishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylarining ilk qo‘shma mashg‘ulotlari 2018-yil sentabrda Tojikistondagi “Chorrux-Dayron” o‘quv markazi bazasi va “Nurafshon” poligonida bo‘lib o‘tgan. 2019-yil sentabrda esa ikki davlat harbiylari Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” poligonida shartli terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha malakalarini oshirgan edi.
Izoh (0)