Saudi Aramco neft kompaniyasi aksiyalari narxi 9-mart kuni o‘tkazilgan ochiq savdolarda maksimal — 10 foizga tushib ketdi, deb xabar berdi “RBK”.
Qimmatbaho qog‘ozlarning bir donasi narxi 27 rialgacha tushib, 7,2 dollargacha baholangan. Keyinroq qimmatbaho qog‘ozlar bir rialga qimmatlashdi.
Kompaniya aksiyalari narxi tushishi OPEK shartnomasining bekor qilinishi hamda Saudiya Arabistoni neft xomashyosiga narxni tushirishi, aprel oyida esa ishlab chiqarishni keskin oshirishi haqidagi gap-so‘zlar fonida yuz berdi.Avvalroq Saudi Aramco aksiyalari narxi ilk marta IPO darajasidan pastlab, 29,9 rialgacha arzonlashgan edi. Prognozlarga ko‘ra, Saudi Aramco’ning daromadi 2020-yilda o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 29 foizgacha tushib, 64 milliard dollarni tashkil etadi.
9-mart kuni jahonda neft narxining pasayishi tezlashib ketgani qayd etildi, xususan, ochiq savdolarda Brent markasidagi neft narxi 20 foizgacha tushdi.
Avvalroq Goldman Sachs neft narxi bir barrel uchun 20 dollarga tushib ketishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga doir: Neft narxi bir kun ichida qariyb 4 dollarga arzonlashdi
Izoh (0)