Fransiyaning Parij shahridagi masjidda yuz bergan otishma oqibatida bir kishi jarohatlandi, deb xabar berdi “RBK”.
Hodisa Parijning 19-okrugida joylashgan masjidning ichki hovlisida yuz bergan.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchining jarohati og‘ir.
Boshiga shlem kiyib olgan erkak jabrlanuvchining oyog‘iga ikki marta o‘q uzgan, keyin esa skuterda voqea joyidan yashiringan.
Xabarda aytilishicha, politsiya qotillik sodir etishga urinish holati bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.
Huquq-tartibot organlari ushbu holatga bir insonning boshqa inson bilan shaxsiy nizolarini hal qilishga urinishi sifatida baho bergan.
Izoh (0)