• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 9-martning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi mamlakatda COVID-19 koronavirusi qurbonlari soni 8-mart holatiga ko‘ra, 3119 kishiga yetgani haqida axborot berdi. O‘tgan bir sutka davomida Xitoyda 40 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, 22 bemor esa vafot etgan.

    Xitoyning Sujchou shahrida koronavirus xavfi tufayli 14 kun karantinga olingan ayol Chen Yunpinni tibbiyot xodimlari tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

    Xitoyning Sujchou shahrida koronavirus xavfi tufayli 14 kun karantinga olingan ayol Chen Yunpinni tibbiyot xodimlari tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
    Foto: Getty Images

    Shu kunga qadar infeksiyadan 1535 kishi tuzalib, kasalxonadan javob berilgan. Xitoyda epidemiya boshlaganidan buyon koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 735 kishiga yetgan. Jami 58,6 ming bemor tuzalgani aytilmoqda. Shuningdek, yuz yoshli qariya koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Shu kunga qadar, otaxon ushbu kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan eng keksa bemor bo‘lib qolmoqda.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi turdagi koronavirus bilan kasallanish holatlari jahon bo‘yicha 105 ming kishidan oshib ketgani, koronavirus allaqachon 102 mamlakatda qayd qilingani haqida xabar berdi. So‘nggi bir necha sutka davomida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari Bolgariya, Kosta-Rika, Moldova, Fransuz Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farer orollari, Martinika, shuningdek, Albaniyada aniqlandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 7,4 ming kishiga yaqinlashdi. Koronavirus bemorlarining kamida 4,5 ming nafari (62,8 foizi) Sinchonji sektasiga aloqador odamlardir.

    Italiya koronavirusdan o‘lim holatlarining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rindagi mamlakatga aylandi. Shuningdek, mamlakatning Pyemont viloyati hokimi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Italiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Bosh shtab boshlig‘i shaxsan o‘zi ma’lum qilgan.

    Foto: “Trend.az”
    Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza koronavirus sabab ikki haftaga mo‘ljallangan tadbirlarni bekor qilib, ko‘ngilli ravishda karantinga ketishga qaror qildi. Ta’kidlanishicha, prezident biroz muddat oldin COVID-19 koronavirusi aniqlangani sabab yopilgan maktabning bir guruh o‘quvchilari bilan uchrashgan.

    Hindistonda uch yoshli bolada koronavirus aniqlandi. Bolaning oilasi Italiyada bo‘lib qaytganidan so‘ng karantinga olingandi.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan, 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketdi. Tashqi ishlar vazirligi elchixonaning konsullik bo‘limi 23-fevraldan buyon mazkur fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelayotganini ma’lum qilgan. Chegarada qolib ketgan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘rab unga videomurojaat yo‘llagan.

    O‘zbekistonda koronavirus sabab xalqaro tadbirlar va sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

    Foto: Bukhara News
    Uzbekistan Airways koronavirus tarqalgani tufayli Umra safarini amalga oshirayotgan 244 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchini charter reys bilan Saudiya Arabistonidan olib ketdi.

    Ma’lumot uchun, Milliy aviakompaniya 27-fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatgan edi. Bunga 25 ta davlat, jumladan, O‘zbekistondan kelgan turist va ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtinchalik man etilgani sabab bo‘lgan.

    O‘zbekistonda xitoylik sayyohlar soni keskin kamaydi. Xitoydan 705 nafar sayyoh tashrif buyurdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2019-yilning fevral oyidagi ko‘rsatkichdan 72,5 foizga kam (taqqoslash uchun, 2020-yil yanvar oyida ko‘rsatkichlar yaxshiroq va umidbaxsh edi).

    JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi: “O‘zbekistonda ushbu infeksiyaga qarshi barcha choralar ko‘rilmoqda”, — degan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirusga tayyorgarlik bo‘yicha yetakchi konsultanti Ute Enderleyn.

    Jahondagi vaziyat

    Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi koronavirus eng kamida 2020-yilning iyun oyiga qadar tarqalishda davom etishini e’lon qildi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat’iy karantin siyosatini belgilash zarur.

    Foto: “RBK”

    Apple rahbari koronavirus tufayli ishchilarga uydan ishlashga ruxsat berdi. Ushbu qoida kompaniyaning koronavirus yuqtirish holatlari eng ko‘p qayd etilgan hududlariga nisbatan tatbiq etiladi.

    Xitoyning Uxan shahridagi ko‘rgazma markazlari va stadionlarda tashkil etilgan 14 ta vaqtinchalik gospitalning 11 tasi bemorlarning uyga javob berilishi munosabati bilan yopildi.

    Biroq xitoylik olimlar Uxan shifoxonasida 89 nafar bemorni ikki guruhga bo‘lib o‘rganib, koronavirus alomatlarida o‘zgarish borligini aniqladi.

    Facebook va Instagram tibbiy niqoblar reklamasini taqiqlamoqchi. Bu borada yaqin kunlarda tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

    Foto: Getty Images

    JSST koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi. “Virusning tarqalish xususiyati saqlanib qolishi mumkinligini tan olishimiz lozim”, — degan tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    09.03.2020, 21:09   Izoh (0)   118667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga 8 mlrd dollar investitsiya kiritishni rejalashtirgan Turkiyaning Ronesans Holding kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

    09.03.2020, 20:54

    O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda 7,3 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda

    09.03.2020, 20:38

    O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda avtomobil va avtobuslar yig‘ishni rejalashtirmoqda

    09.03.2020, 20:22

    Video: Samarqanddagi restoranda kiyimlarini yechib, striptiz o‘ynamoqchi bo‘lgan qizlar qo‘lga olindi

    09.03.2020, 19:04

    JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi

    09.03.2020, 18:22

    O‘zbekistonda ilk bor raqamli bank tashkil etiladi

    09.03.2020, 18:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Shahed dronlarida Hindistonda ishlab chiqarilgan qismlarni topdi

    Dunyo | 6 avgust, 12:53

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Hizbulloh” rahbari Isroilga raketalar yog‘dirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 6 avgust, 12:10

    “Nyukasl” himoyachisini Seul aeroportida unutib qoldirdi

    Sport | 6 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.