• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    9-mart — eng mashhur qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni. Hech ham qarimaydigan Barbi 61 ga kirdi

    Hamisha zamon bilan hamnafas qiyofada bo‘ladigan, kasb tanlashi, kiyinishi va didi shakllanishida ahamiyatli bo‘lgan Barbi ommaga ilk bor bundan 61 yil avval, 1959-yilning 9-mart sanasida taqdim qilingandi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Dunyoda haftasiga millionga yaqin, har soniyada ikkita qo‘g‘irchoq Barbi sotiladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan amerikalik qizaloqlarda o‘rtacha sakkizta, italyanlarda yettita, fransuz, nemis, ingliz qizaloqlarida bo‘lsa, beshtadan Barbi qo‘g‘irchoq bo‘lishi aniqlangan. Mattel kompaniyasi yarim asr davomida milliarddan ortiq Barbilarni sotishga muvaffaq bo‘lgan va 2009-yilda Barbining 50 yillik yubileyi nishonlangan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Zamon, trendlar o‘zgargani sayin hamnafas ravishda o‘zgacha qiyofada taqdim qilinadigan Barbilar ilk bora Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan o‘yinchoqlar yarmarkasida, oq-qora libosda, baland poshnali tufli va ko‘zoynak taqqan holda paydo bo‘lgan.

    Foto: Google Images/Birinchi Barbi

    Foto: Google Images/Birinchi Barbi

    Odamlarning yangiliklarni qabul qilishi qiyin bo‘lishi — isbotlanmagan fakt. Buni Barbi tarixi misolida ham ko‘rish mumkin. U vaqtlarda bolalar o‘yinchoqlari bolacha qiyofada bo‘lgan va katta odamlardek qiyofada, kamiga yasanib, kiyinib olgan qo‘g‘irchoqni farzandlari uchun xarid qilishga har kim ham botina olmagan. Lekin vaqt va reklama agentligining professional faoliyati Barbi bozorining tezlashib ketishiga sababchi bo‘lgan. Natijada esa 3 ming qo‘g‘irchoqdan iborat partiya hash-pash deguncha sotilib ketgan. Birinchi qo‘g‘irchoq Barbi 3 dollarga sotilgan bo‘lsa, 2004-yilda bo‘lib o‘tgan eBay auksionida 1959-yilda dunyo yuzini ko‘rgan mallasoch 3552 dollarga, oradan ikki yil o‘tib, Londonda bo‘lib o‘tgan Christie’s auksionida esa 17 ming dollarga sotilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Amerikalik Rut Hendler 50-yillarning ikkinchi yarmida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Mattel kompaniyasiga asos soladi. Avvaliga suratlar uchun ramka ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan oilaviy biznes vakillari keyinchalik ota-onalar farzandlaridan hech narsa ayamasligi nuqtayi nazaridan bolalar uchun o‘yinchoq ishlab chiqarish ko‘proq daromad keltirishini tushunib yetadi va Disney bilan shartnoma tuzadi hamda korporatsiyaning eng mashhur personajlari o‘yinchoqlarini ishlab chiqara boshlaydi. Ammo haqiqiy omad, cho‘ntakka bo‘lsa, daromad — Barbilar bozorga chiqarilganidan keyin bo‘ladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Rut Hendlerda qo‘g‘irchoqni yaratish g‘oyasi, qizining dugonalari bilan o‘nayotganini kuzatganidan keyin paydo bo‘ladi. Kuzatish davomida Rut bolalarcha qiyofali o‘yinchoqlar 10 yashar kichik shaxs uchun qiziqmasligini, e’tiborini torta olmasligini tushunib yetadi. O‘yin davomida qizi va uning dugonalari o‘yinchoq qolib, qog‘ozlardan kattalar ko‘rinishida qo‘g‘irchoqlar yasayotgani, shuningdek, ularga mato qiytimlaridan turli liboslar kiydirib, ularni turli ism bilan atayotganiga guvoh bo‘ladi.

    Qo‘g‘irchoqlar kompaniya asoschilarining farzandi Barbara nomiga Barbi deb nomlangan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bugungi kunda Barbilar imperiyasi mavjud bo‘lib, unda irqi va kasbi turli qo‘g‘irchoqlar, shuningdek, ularga kerakli bo‘lgan barcha jihozlar aksessuarlar va garderobi uchun kerakli kiyim-kechaklar mavjud. Qo‘g‘irchoqlar o‘zining sifatliligi, modellarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Agarda kompaniya 60 yil ichida faqat bir turdagi, o‘zgarishsiz Barbilarni taqdim qilganida bu kabi natijaga erishmagan bo‘lardi, Mattel’ning yutug‘i turli davrda o‘sayotgan avlod vakillari qarashlari, qiziqishlari bir-biridan farq qilishini anglagan holda faoliyat yuritishi va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazib, auditoriya fikrini inobatga olganidadir.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Barbida turli obrazlarni, kasblarni sinab ko‘rish mumkinligi dunyoni anglashga urinayotgan bolalar uchun ayni muddao. 60 yil avval odamlarning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi va didi hozirgi zamon vakillarinikidan farq qilishi tabiiyligini hamisha yodda tutadigan kompaniya a’zolari Barbilarni ham shunga mutanosib ravishda ishlab chiqaradi. Masalan, qalin va tabiiy qoshlar va sochlar trendda bo‘lgan bugungi kunda, ipdek terilgan qoshli va qop-qora bo‘yalgan ko‘zli, turmagi ham 60 yillarnikidek bo‘lgan Barbilarni sotuvga chiqarish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Muvaffaqiyatning yana bir sababi Barbi olamida reallikning aks ettirilishida. Hayotda oila a’zolari, do‘st va yaqinlarsiz yashab bo‘lmasligi nuqtayi nazaridan, 1961-yilda Barbining yigiti Ken, keyinroq singlisi Skipper va eng yaqin dugonasi Mij taqdim qilinadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yanada hayotiyligi ularning ko‘rinishi singari kasblari turlichaligida edi. 1960-yilda model, qo‘shiqchi, balerina, hamshira, enaga, olima, dasturchi Barbilar chiqarila boshladi. Kompaniya shu darajada vaqt bilan birga harakatlanganidan, nafaqat zamonaviy trendlar, balki ijtimoiy va siyosiy yangiliklar ham qo‘g‘irchoqlarda aks eta boshladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    1965-yilda kosmonavt, 1991-yilda bo‘lsa, prezidentlikka nomzod Barbi taqdim qilindi. Umuman olganda, Barbi 200 ga yaqin kasb egasi sifatida ishlab chiqarilgan va bu bilan qizlar hayotda o‘zini turli sohada sinab ko‘rishi: istasa, faqat farzand tarbiyalash bilan cheklanishi, agar xohlasa, kosmosga uchishi mumkinligiga ishora qilingan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘yinchoqlar tarixida hech biri Barbichalik uzoq yillar mashhur va dolzarb bo‘lmagan va bu qo‘g‘irchoqning tashqi ko‘rinishida emas. Uning asosiy yutug‘i bolalarda fikrlar xilma-xilligi va tanlov erkinligining shakllanishiga turtki berishida.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Turli yillarda Barbi qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    09.03.2020, 19:43   Izoh (0)   36234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.