• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Plastikka aylantiriladigan tarvuz, zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalar. Ispaniya issiqxonalarida qanday innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi?

    O‘rtayer dengizining Ispaniyadagi qirg‘og‘i bo‘yida joylashgan Almeriya shahriga kirib borishda katta hududni qamrab olgan issiqxonalar ko‘zga tashlanadi. Ularni mahalliy aholi plastikli dengiz deb ataydi. Haqiqatdan ham ular shu qadar ko‘pki, uzoqdan dengizga o‘xshab ko‘rinadi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Ispaniyadagi barcha suv tejaydigan issiqxona xo‘jaliklarining 50 foizi Almeriyada joylashgan. Mamlakatda jami 75 ming gektar yer issiqxona xo‘jaliklari uchun ajratilgan – Ispaniya issiqxonalar soni bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turadi. Ulardan 35 ming gektari aynan Almeriya hududida joylashgan.

    O‘zbekistonlik jurnalistlar, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari Ispaniyaning Almeriya shahridagi eng yirik issiqxonalardan biri Cajamar birlashmasining Las Palmerillas tajriba markazi misolida mamlakat issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu tashrif Suv xo‘jaligi vazirligi milliy hamkor hisoblangan, Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish” (UzWaterAware) loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ko‘magida Ispaniyaga uyushtirilgan stadi-tur doirasida amalga oshirildi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Cajamar bu moliyaviy birlashma, kooperativ bank hisoblanadi. U butun Ispaniya hududi bo‘ylab faoliyat yuritadi. Tashkilotning mamlakat hududida 964 ta ofisi mavjud, unda 5486 xodim faoliyat yuritadi.

    Ispaniyaning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan qishloq xo‘jaligi sektorida Cajamar birlashmasi yetakchi hisoblanadi.

    Birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik.

    Ispaniyada yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy miqdorining 15 foizini Cajamar nazorat qiladi. Birlashmaning to‘rt xil asosiy faoliyat yo‘nalishi bor:
    • Tadqiqot yo‘nalishi
    • Ta’lim berish yo‘nalishi
    • Agrotahlil
    • Yangi ixtirolar va ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish.

    Las Palmerillas tajriba markazi direktori Xuan Xose Ueso. Foto: Yuriy Korsunsev

    Las Palmerillas tajriba markazi direktori Xuan Xose Ueso. Foto: Yuriy Korsunsev

    “Ta‘lim berish yo‘nalishida biz qishloq xo‘jaligi sohasi professional kadrlar bilan boyishi uchun qarorlar qabul qiluvchi shaxslar, ya’ni kooperativlar rahbarlarining bilim va tajribasini oshirish bilan shug‘ullanamiz.

    Agrotahlil yo‘nalishi qishloq xo‘jaligini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Masalan biz butun Ispaniya hududidagi zaytun plantatsiyalarining holati bilan tanishib, ularni tahlil qilishimiz yoki Andalusiya hududida zaytun yetishtirish sohasi qanday rivojlanayotganini o‘rganishimiz mumkin”, — deydi Las Palmerillas tajriba markazi direktori Xuan Xose Ueso.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Hozirda Cajamar birlashmasi tarkibida ikkita tajriba markazi faoliyat yuritadi.

    • Las Palmerillas tajriba markazi
    • Valensiya avtonomiyasidagi Payporto tadqiqot markazi
    Las Palmerillas tajriba markazida issiqxona sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda tropik va subtropik mevali daraxtlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

    Valensiyadagi tajriba markazi esa o‘simliklar navlarini ochiq dala maydonlarida yetishtirishni tadqiq qiladi. Ushbu markazda asosan sitrus mevalari yetishtiriladi.

    Birlashmaning tadqiqot loyihalari to‘rt yo‘nalishda olib boriladi:
    • Agrar barqarorlik
    • Oziq-ovqat mahsulotlari va salomatlik
    • Bioiqtisodiyot
    • Issiqxona texnologiyalari.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    “Las Palmerillas markazi 1975-yilda tashkil etilgan. Biz bu yerda yangi issiqxona loyihalari yaratish, shuningdek issiqxonalar qurish uchun ishlatiladigan plastik tarkibi ustida ham ishlaymiz. Biz issiqxonalarimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga harakat qilamiz.

    Shuningdek, issiqxonalar qurishda o‘simliklar fotosinteziga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibga ega plastikdan foydalanamiz.

    Hammaga ma’lumki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv asosiy ahamiyatga ega. Biz mahsulotlarimizni yetishtirishda barcha tabiiy resurslardan ratsional foydalanishga harakat qilamiz.

    Markazimiz issiqxonalarida talab yuqori bo‘lgan, daromad keltiradigan mahsulotlar, xususan papaya, pitaya, marakuyya, litchi yetishtiramiz.

    Oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun xavfsiz bo‘libgina qolmay, uni vitaminlar bilan to‘yintirishi ham kerak. Biz faoliyat yo‘nalishimiz davomida shu jihatga e’tibor qaratamiz. Xususan, o‘simliklar kasalliklariga qarshi kimyoviy usulda emas, biologik usulda kurashimiz. Bunda o‘simlik zararkundalariga qarshi turli hasharotlardan foydalanamiz”, — deydi Xuan Xose Ueso.

    Las Palmerillas tajriba markazida yetishtirilayotgan papayya. Foto: Yuriy Korsunsev

    Las Palmerillas tajriba markazida yetishtirilayotgan papayya. Foto: Yuriy Korsunsev

    Shuningdek, tajriba markazi direktorining aytishicha, issiqxonalarda hosil yig‘ib olinganidan so‘ng qoladigan o‘simliklar poyasi, barglari va palagidan ham unumli foydalaniladi.

    “Masalan, biz shunday biotexnologik tizim yaratdik: Unga ko‘ra, foydalanilmagan tarvuz qayta ishlanadi va undan parchalanuvchi plastik ishlab chiqariladi. Ushbu tizim hozirda amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bu faqat bizning ishlanmamiz emas, hankorlikdagi loyiha. Kimdir polimerlar ustida, kimdir shakar ajratib olish ustida ishladi, shu tarzda bu loyiha yaratildi. Shu tarzda biz ekologiyaga zararsiz mahsulot ishlab chiqaramiz hamda bioqoldiqlarni foydali ishga yo‘naltiramiz.

    Kimyoviy moddalardan qancha uzoqlashsak, hayot sifatimiz shuncha yaxshilanadi. Shuning uchun ham biz tuproq unumsdorligini oshirish uchun kimyoviy emas, biologik o‘g‘itlardan foydalanishga harakat qilamiz”, — deydi Xuan Xose Ueso.

    Ma’lumot uchun, Cajamar birlashmasi bir qator xorijiy davlatlar, xususan Turkiya, Tunis, Italiya bilan hamkorlik qiladi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    “Plastik biz yashayotgan hozirgi davrda juda zararli modda sifatida ko‘rilsada, bizning issiqxonalarimizda ishlatiladigan plastik tarkibi jihatidan mutlaqo boshqacha. Bu plastik maydalanadi, keyin esa gul uchun tuvaklar yoki biz kundalik hayotimizda foydalanadigan boshqa plastik idishlar ishlab chiqarish uchun topshiriladi. Bu shunday materialki, undan umrbod foydalanish mumkin”, — deydi markaz direktori Xuan Xose Ueso.

    “Almeriya issiqxonalarida fevral oyidan oktabr oyiga qadar bir muammo yuzaga keladi: bu ortiqcha quyoy nurlari. Biz ushbu muammoni bartaraf etish uchun issiqxona tomidagi plastikni yana bir qavat material bilan yopamiz.

    Almeriyada yomg‘ir juda kam (bir kvadrat metr hududda yiliga 220 millimetr) yog‘adi. Biz yomg‘ir suvini to‘plasak, sug‘orishga umumiy ehtiyojning 20—30 foizini qoplaymiz.

    Odatda 90 foiz issiqxonalarda yirik qumli tuproqdan foydalaniladi. Jo‘yak chuqurligi 20—30 santimetr bo‘ladi. Qumli qatlam tuproq haroratining bir muncha yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun bug‘lanish yo‘li bilan suvning yo‘qotilishi keskin qisqaradi”, — deydi Las Palmerillas tajriba markazi xodimasi Mariya Dolores-Fernandes.

    Las Palmerillas tajriba markazi xodimasi Mariya Dolores-Fernandes. Foto: Yuriy Korsunsev

    Las Palmerillas tajriba markazi xodimasi Mariya Dolores-Fernandes. Foto: Yuriy Korsunsev

    Almeriyadagi barcha issiqxonalar tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanadi. Yildan yilga yer egalari sug‘orishning yangidan yangi texnologiyalarini amaliyotga joriy etmoqda. Xususan, Almeriyadagi xo‘jaliklarning 70 foizi suvni boshqarish bo‘yicha komyuter tizimidan foydalanadi. Ushbu tizim suv hajmi va uning qaysi paytda quyilishi kerakligini, shuningdek o‘g‘it berish vaqti va miqdorini ham aniqlab beradi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    “Issiqxona xo‘jaliklarining asosiy foydasi bu ularda ochiq tuproqda yetishtiriladigan o‘simliklarga sarflanadigan suvning yarmini ishlatib, mahsulot yetishtirish mumkin.

    Yilda 11 oy ishlaydigan va ikki siklga ega (bunda birinchi qalampir, keyin uning o‘rniga tarvuz yetishtirilishi ko‘zda tutiladi) issiqxonalarning bir gektar yer maydoniga 5 ming kub metr suv ishlatiladi.

    Agar shu mahsulotlarni ochiq tuproqqa ekkanimizda roppa-rosa ikki marta ko‘p suv ya’ni 10 ming kubometr suv ketar edi.

    Shuningdek, issiqxonalarga ekilgan ekindan ochiq tuproqdagiga nisbatan ko‘proq hosil olishimiz mumkin. Masalan issiqxonada 1 metr kub maydonga ekilgan pomidordan 18 kilogramm hosil olish mumkin.

    Almeriyada mamlakatning boshqa hududlarida ochiq tuproqda yetishtiriladigan mahsulotlar issiqxonada yetishtiriladi. Mahsulotlar sentabr oyidan may oyiga qadar bozorga chiqariladi”, — deydi Las Palmerillas tajriba markazi xodimasi Mariya Dolores-Fernandes.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Mariyaning ta’kidlashicha, Almeriya issiqxonalarining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki ularning 80 foizida o‘simliklar zararkunandalarini bartaraf etish uchun hasharotlardan foydalaniladi. Shuningdek, issiqxonalarda maxsus fermentlar bilan ishlov berilgan iplar ilib qo‘yiladi, bunday iplar esa zararkunandalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

    Qayd etilishicha, Almeriyada qishloq xo‘jaligi zararkunandalari bilan oziqlanuvchi hasharotlarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus firmalar bor.

    Xulosa qilib aytganda, issiqxonalar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan mamlakat Ispaniyaning issiqxonalarni tashkil etish va yuritish sohasidan suvni tejab ishlatish, ekologiyani asrash, inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar yetishtirish yo‘nalishlarida o‘rganishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p.

    Sevara Nishonova

    08.03.2020, 14:36   Izoh (0)   32570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda uch yilda 3,3 mlrd dollarga 183 ta zamonaviy turar joy quriladi

    08.03.2020, 13:31

    O‘zbekistonda Coca-Cola’ni xususiylashtirish nima sababdan to‘xtab qolgani ma’lum qilindi

    08.03.2020, 12:27

    Toshkentda bir guruh ayollar Bosh prokuratura va Vazirlar Mahkamasi binolarida janjal uyushtirgani ma’lum qilindi

    08.03.2020, 10:10

    O‘zbekistonlik talaba Koreyadan Toshkentga isitma bilan qaytdi, biroq unda koronavirus aniqlanmadi

    08.03.2020, 09:57

    Buxoroda qo‘shnisini baland imorat qurgani uchun pichoqlab o‘ldirgan fuqaro 19 yilga qamaldi

    08.03.2020, 09:44

    Parkentdagi dehqon bozorida yong‘in chiqdi. Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

    08.03.2020, 09:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Komadagi Oliy Majlisni tiriltirish kerak” — Hamid Sodiq davlatning tashqi bosimlarga dosh berishida parlament o‘rni muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 21:25

    Superliga. “Bunyodkor” dramatik o‘yinda “So‘g‘diyona” ustidan g‘alaba qozondi

    Sport | 29 iyun, 21:17

    Buyuk Britaniya portida 2,4 tonna kokain aniqlandi

    Dunyo | 29 iyun, 20:35

    Tanzaniyada avtobuslar yonib ketishi sabab 38 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:40

    “Real” rahbariyati Vinisusning g‘alati harakatlari yuzasidan izoh so‘radi

    Sport | 29 iyun, 19:30

    Telegram’da faktlarni tekshirish funksiyasi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:15

    “Kelasi oy uchun 20 mln so‘m berib tur deydi”. Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlari oldindan soliq undirayotganini qoraladi

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 18:35

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.