• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tel-Avivda hammayoq notinch. “Savoy” mehmonxonasiga hujum uyushtirilganiga 45 yil bo‘ldi

    Bundan 45 yil oldin 1975-yilning beshinchidan oltinchichi martga o‘tar kechasi Isroilning Tel-Aviv shahrida joylashgan “Savoy” mehmonxonasiga qurolli hujum uyishtirilgan edi. Isroil tarixidagi eng shov-shuvli teraktlardan biri haqida “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov hikoya qiladi.

    Kutilmagan “mehmon”lar

    Tel-Aviv shahrining Gerbert Samuel trassasi bo‘ylab harakatlanayotgan politsiya patruli ikkita rezina qayiqda qirg‘oqqa suzib kelayotgan shubhali baliqchilar guruhini payqab qoldi. Baliqchilar nima uchun jamoat tartibini buzib Yaffa portiga emas, balki shahar plyajiga suzib kelganini bilish uchun politsiyachi ularga yaqinlashdi.

    Foto: “Jewish.ru”

    Foto: “Jewish.ru”

    Avtomatdan uzilgan o‘qlar yomg‘iri va ular tomonga tashlangan granatalar gap nimada ekanini har qanday so‘zlardan ko‘ra yaxshiroq tushuntirgan edi.

    Politsiyachilardan biri ochgan javob o‘ti kemaga tegdi va u dengiz sohilida portlab ketdi. Ikkinchi qayiqning portlashidan qo‘rqib, jangarilar deyarli barcha jihozlarini kemada qoldirib, dengiz qirg‘og‘idan quruqlikka qarab qochdi.

    Qonga botgan mehmonxona

    Bir necha daqiqadan so‘ng ular yo‘lni kesib o‘tdi va yo‘lida uchragan kinoteatrga kirishga harakat qildi, lekin kinoteatr old eshiklarini ocholmay, yon tomondagi ko‘chaga o‘tib, “Savoy” deb nomlangan kichik mehmonxona binosiga yashirindi.

    Terrorchilar mehmonxonada uchraganlarning uchtasini, shu qatorda qabulxona ishchisini ham otib o‘ldirdi (bir necha kishi qochishga muvaffaq bo‘ldi), qolganlarni yuqori qavatdagi xonaga qamab qo‘yib, eshiklarni minalashtirdi. Aftidan, jangarilar garovga olishga odam ko‘p bo‘lgan boshqa bir binoni egallab olish uchun “Savoy”dan chiqib ketmoqchi bo‘lgan edi.

    Foto: “Jewish.ru”

    Foto: “Jewish.ru”

    Biroq chiqish paytida ular mehmonxona yaqinida yashagan va yaqinda armiyadan qaytgan “Golani” brigadasining jangchisiga duch keldi. O‘q ovozlarini eshitib, voqea joyiga shoshilib yetib kelgan sobiq askar, terrorchilarga qarata o‘t ochdi. Askar jiddiy jarohat oldi, ammo u terrorchilarni “Savoy”ni tark etish imkoniyatidan mahrum qildi.

    Ular garovdagilarni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, Isroil qamoqxonalaridagi 20 nafar mahbusni qo‘yib yuborishni va samolyot bilan ta’minlashni talab qildi. Muzokaralar davom etar ekan, parashyut desant brigadasining maxsus kuchlari binoni shturm qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda edi.

    Shturm

    Oradan olti soat o‘tgach, shturm boshlandi. Bir vaqtning o‘zida ellikka yaqin desantchi to‘rt tomondan terroristlarga hujum qildi. Jang qisqa davom etdi, ammo bosqinchilar garovga olingan xonani portlatishga muvaffaq bo‘ldi – besh kishi qutqarildi, yana besh kishi halok bo‘ldi. Jami sakkiz nafar tinch aholi vakili (ularning ichida chet ellik sayyohlar ham bor edi) va bosqinchilar bilan sohilda uchrashgan va ertasi kuni jarohati tufayli vafot etgan politsiyachini ham qo‘shib hisoblaganda uch nafar Isroil jangchisi halok bo‘ldi.

    Operatsiya davomida yetti nafar terrorchi yo‘q qilindi, bittasi qo‘lga olindi. U o‘limga hukm qilindi, ammo keyin o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi va o‘n yildan so‘ng u “Jabroil bitimi” doirasida ozod qilindi.

    Tergov jarayonida hujumchilar guruhi FATH tashkilotiga tegishli ekani va Livandan kirib kelgani aniqlandi.

    Rejaga ko‘ra, qirg‘oqqa kelib, jangarilar yaqin atrofdagi yoshlar klubi va “Bayt Xa-Opera” binosini egallab olib, iloji boricha ko‘proq odamni garovga olishi va keyin Isroil qamoqxonalaridan bir qator mahbuslarni ozod qilish talablarini ilgari surishi kerak edi.

    Mahbuslar qo‘yib yuborilguday bo‘lsa, jangarilar garovga olinganlar bilan birga Damashqqa xususiy havo transporti orqali evakuatsiya qilinishi, talablari to‘rt soat ichida bajarilmasa, guruh a’zolari garovga olinganlarni yo‘q qilib, o‘z joniga qasd qilishi kerak edi. Politsiya patruli va askar bilan bo‘lgan tasodifiy to‘qnashuv yuz bermaganida, voqealar yanada qonli kechishi mumkin edi.

    Qasos

    Hujum ortida Abu Jihod laqabli Mahmud al-Vazir turgani aniqlandi. Oradan o‘n uch yil o‘tgach, 1988-yilning bahorida Isroil maxsus operatsiyasi paytida Abu Jihod Tunis poytaxtining chekkasidagi uylardan birida o‘ldirildi. Uyda u bilan birga bo‘lgan xotini va bolalari jabrlanmadi. O‘shandan beri terrorchilar hech qachon Tel-Avivga dengizdan kira olmadi.

    Foto: “Jewish.ru”

    Foto: “Jewish.ru”

    Portlash natijasida qulab tushgan “Savoy” mehmonxonasi o‘rnida vaqt o‘tishi bilan yangi bino qurildi.

    06.03.2020, 08:41   Izoh (0)   47112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyaning Flybe aviakompaniyasi koronavirus sabab inqirozga uchradi

    06.03.2020, 08:26

    Turkiya qochoqlarni kiritmaslik uchun Gretsiya bilan chegaraga maxsus qo‘shin yuboradi

    06.03.2020, 08:00

    Sankt-Peterburgda koronavirus sabab OTMning 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olindi

    06.03.2020, 06:02

    Tomoshabinlarsiz o‘tgan konsert, fermerga qo‘ng‘iroq qilgan Mirziyoyev, vertolyotda uchgan bug‘ular. 5-martning eng qiziqarli suratlari

    05.03.2020, 23:55

    Koronavirus dunyo bo‘ylab do‘konlarni ship-shiydam qildi. Odamlar sanitayzerlar, hojatxona qog‘ozi va suli sutini bitta qoldirmay sotib olmoqda

    05.03.2020, 22:41

    Koronavirusni deb jahon bo‘ylab qaysi tadbirlar bekor qilindi yoki boshqa sanaga qoldirildi? Ro‘yxat

    05.03.2020, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.